Breaking News

Jo'rj Bush- AQSh prezident saylovi g'olibi - 2004-11-03


AQShning amaldagi prezidenti Jo'rj Bush - bu yilgi prezident saylov g'olibi deb topildi. U ikkinchi muddat uchun qayta saylanishga muvaffaq bo'ldi.

Uning raqibi Demokrat Senator Jo'n Kerri 3 noyabr kuni, saylov kengashida yetarli ovoz ololmagan holda, Bushga boy berganini tan oldi.

Jo'n Kerrining yaqin soatlar ichida ommaga nutq so'zlashi va saylovda yutqazganini bildirishi kutilmoqda.

Jo'rj Bush ham bugun kechroq xalq oldida g'alabasini nishonlashni mo'ljallagan.

Oq Uyning ma'lum qilishicha, Jo'n Kerri tushga yaqin Prezident Bushga qong'iroq qilgan va uni g'alaba bilan tabriklagan. Bush Kerriga "maqtovga sazovor va arzigulik" raqib bo'lganini aytgan.

Prezident Kerriga "Juda kuchli saylov kampaniyasi o'tkazdingiz. Umid qilamanki, bu bilan faxrlanasiz. Faxrlanishingiz kerak," dedi.

Bush va Kerrining yordamchilarining aytishicha, Kerri Bushga mamalakatning ikkiga bo'linganini va uni birlashtirish eng muhim vazifa ekanini eslatgan.

2 noyabrgi saylovda Bush jami 274, Kerri esa 252 saylov kengashi ovozini qo'lga kiritgan.

Amerika saylovchilarning ko'pchiligi Bush uchun ovoz bergan. So'ngi hisoblarga ko'ra, Bush 51 foiz, Kerri 49 foiz ovozni qo'lga kiritgan.

XS
SM
MD
LG