Breaking News

Demokrat Jo'n Kerri prezident saylovida boy berganini tan oldi - 2004-11-03


Senator Jo'n Kerri, ona shahri Bostonda, tarafdorlari qarshisida turib, 2004 yilgi AQSh prezident saylovida amaldagi Prezident Jo'rj Bushga yutqazganini tan oldi.

Siyosiy tahlilchilar, Kerrining nutqini 'samimiy va insoniy" deya ta'riflashmoqda.

"Amerikaliklar endi birlashishni boshlashlari kerak. Haqiqatni tan berishni boshlash darkor," dedi sobiq nomzod.

Senator, bugun tushga yaqin Bushga qo'ng'iroq qilib, uni g'alaba bilan tabriklaganini aytar ekan, "Qisqacha suhbatimiz mazmunli o'tdi," dedi.

"Har bir amerikalikning ovozi hisobga olinadi. Biz bu ishni oxirigacha yetkazamiz," deya bong urdi.

Undan oldin so'zlagan Jo'n Edvards, Kerrining vitce-prezidentlikka sobiq nomzodi ham, har bir ovozni hisobga olinishi uchun kurashni davom ettiramiz, deya so'z berdi.

"Ohayodagi ovozlar sanalgan taqdirda ham, bizning g'alaba qila olmasligimiz tayin," dedi Kerri.

XS
SM
MD
LG