Breaking News

Rossiya va Hindiston - SPID eng tez tarqalayotgan davlatlardir. - 2004-12-03


AQSh Kasalliklarni Nazorat Qilish Boshqarmasi tadqiqotchilarining fikricha, SPID va unga sabab bo’luvchi immunitet taqchilligi virusi insoniyat salomatligiga xavf solayotgan eng asosiy xastalikdir.

SPID davosi yo’q kasallik. Jahon bo’ylab, undan, shu kungacha, 16 milliondan ziyod kishi oldi. Virus kuniga kamida 16 ming kishini o’z domiga tortadi.

Rivojlanayotgan davlatlarning ko’pi, borgan sari, SPID qurboniga aylanarkan, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot juda sekin tusda ketmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining ma’lum qilishicha, Afrikaning quyi-Sahara qismida 23 million kishi immunitet taqchilligi virusi bilan yashamoqda. Hozirgacha u yerda SPIDdan 13 million kishi jon berdi.

Bemorlarning 57 foizi xotin-qizlardir. Afrikada, virusga, har kuni, 10 ming kishi chalinadi.

SPID epidemiyasi Osiyo va Yevropaga ham katta talofatlar keltirmoqda. Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropada, virusni yuqtirganlar, bir yarim millionni tashkil etadi.

Rossiya va Hindiston, SPID kasalligi eng tez tarqalayotgan, davlatlardir. Xitoyda, immunitet taqchilligi yoki SPIDga chalingan soni, kamdia 840 ming nafar ekani ma’lum.

Xalqaro SPID Kuni oldidan, AQSh hukumati, dunyoning 100dan ortiq mamlakatida SPID epidemiyasiga qarshi kurashish maqsadida 15 milliard dollar ajratganini ta’kidlab, kelasi besh yil ichida qator loyihalar amalga oshiriladi, deya bildirdi.

SPIDga qarshi global kurash dasturi boshqaruvchisi Rendel Tobias, Afrika, Karib orollari va Osiyodagi 15 mamlakatda immunitet taqchilligi virusidan azob chekayotgan 200 mingdan ziyod kishining hayotini saqlab qolishga bel bog’laganmiz, deydi:

"Avvalo, kelasi bir yil ichida, Afrikada bu virusdan tuzalayotgan kishilar sonini ikki barobarga ko’paytirishni rejalaganmiz. Shuningdek, kelasi besh yillikda SPIDga qarshi favqulodda choralar ko’rib, mo’ljaldagi 15 mamlakatda, ikki milliondan ortiq bemorlarni davolash bo’yicha qator loyihalarini moliyaviy jihatdan quvvatlaymiz. Kelasi besh yil davomida ana shu ishlarni amalga oshiramiz."

Ugandada bu yil SPIDga chalinganlar soni 6 foizga kamaygan. Chunki, deyishadi mutaxassislar, hukumat kasallik haqida xalqqa ochiq gapirib, turli kampaniyalar olib bormoqda.

Radio va gazetalarda jamoat reklamalari berilib, immunitet virusi va SPID kasalligidan saqlanish yo’llari tushuntirilyapti.

Bunda oila, erkak va ayol o’rtasidagi ishonch, er-xotinning bir-biriga vafodor bo’lishi, kabi qadriyatlar haqida gap ketadi, deydi AQSh sog’liqni saqlash vaziri Tommy Tompson:

"Ular xalqni o’z taqdirini qo’lga olishga, xavfli hatti-harakat qilmaslikka, turmushdagi o’zgarishlarga keng ko’lamda qarashga undab, odamlarni SPIDdan saqlash mumkinligini isbotlashdi."

Sog’liqni saqlash tashkilotlari rivojlangan davlatlarni SPIDga qarshi kurashda kattaroq hissa qo’shishga chaqirishyapti.

Mablag’ yetarli bo’lsa, deyishadi ular, 2005 yilda, jahon bo’ylab, ikki ishni amalga oshirish mumkin: 15-24 yoshlilar orasida immunitet taqchilligi virusiga chalinayotganlar sonini 25 foizga kamaytirish va SPID bemorlarining 75 foiziga tibbiy yordam ko’rsatish.

XS
SM
MD
LG