Breaking News

Dollarning qadri tobora pasayib bormoqda.  - 2004-12-09


O’tgan uch yil ichida AQSh dollarining qadri boshqa yirik valyutalar orasida 15 foizga pasaydi. Ayniqsa, Yevropaning umumiy puli, yevroga, taqqoslaganda. Ammo, Xalqaro Iqtisodiyot Instituti bu o’zgarishni ijobiy baholamoqda. Dollarning qadri tushishda davom etishi kerak, bu axir foyda, deydi tadqiqotchi Jo’n Uilyamson:

"Menimcha, dollarning qadri pasaymasa bo’lmasdi. Balki, uning bahosi hozir yevrodan ko’ra, judayam pasayib ketgandir. Lekin, qanchalik tushmasin, u bosqichning yarim pallasida yetdi, xolos. AQSh dollari Osiyo pullariga nisbatan umuman pasaygani yo’q. Masalan, Xitoyning remimbisi dollarga nisbatan o’zgarmas bahoda turibdi. Demak, bu borada hali hech qanday yangilik bo’lgani yo’q."

Institutning bildirishicha, Xitoy o’z pulining bahosini bir maromda saqlab, dollarning barqarorlashuvi masalasini AQSh va Yevropa oldidagi katta muammoga aylantirgan.

1999 yildan beri AQSh dollarining qadri yevroga nisbatan 40 foizga pasaydi. Natijada, amerikaliklar uchun Yevropa juda qimmat mintaqaga aylanib qoldi.

Yevropaliklar uchun esa buning aksi- AQSh ular uchun endi ancha azron mamlakat. Britaniyaliklar Amerika do’konlaridagi doimiy xaridorlarga aylanishyapti. Chunki, dollarning qadri funt-sterlingga qaraganda, ancha past.

Lekin, bu o’zgarish Britaniya do’kondorlarini uncha tashvishga solmayapti. "Atlantika okeani osha, o’zga yurtga borib, bozor qilish arzon emas. U yerda savdo qilib, mahsulotlarni bojxonadan o’tkazish, qolaversa yukni belgilangan og’irlikdan oshirib yubormaslik kabi masalalar bor…," deydi ularning so'zlovchi Devid Soutvel.

Dollarning yana qanchalik arzonlashishi mumkinligini hech kim bilmaydi. "AQSh hukumati dollarning qadri kuchayishini istaymiz, deya bong uradi, ammo bunga ishonish qiyin," deydi Xalqaro Iqtisodiyot Instituti vakili. "Amerika moliya vazirlari o’tgan o’n yildan beri shu gapni qayta qayta aytib kelishmoqda. Ammo, endilikka kelib, buning hech qanday ma’nosi qolmagan."

Iqtisodchi olimning fikricha, asl muammo Yevropada. Qimmat yevro Yevropaning allaqachon zaiflashgan iqtisodiyotini yanada kuchsizlantirishi mumkin.

XS
SM
MD
LG