Breaking News

Kondoliza Rays - AQShning yangi tashqi ishlar vaziri - 2005-01-18


Vashington, 2005 yil, 26 yanvar: AQSh Senatidagi Demokratlarning keskin tanqidlari va qarshiligiga qaramasdan, Kondoliza Raysning davlat kotibi, ya'ni tashqi ishlar vaziri lavozimiga nomzodligi tasdiqlandi.

Jorj Bush davlat xavfsizligi bo'yicha maslahatchisi Kondoliza Raysni "Kondi" deb chaqiradi.

Bushga 2001 yildan beri xizmat qilayotgan Rays prezidentning, tashqi masalalar bo'yicha, eng ishongan kishisidir.

Bush Raysni mamlakatning navbatdagi tashqi ishlar vaziri lavozimiga ko'rsatarkan, "Kondi Raysni butun Amerikaga, qolaversa, jahonga tanilgan arbob,"- degandi.

"O'tgan to'rt yil davomida, men uning maslahatiga, tajribasiga va dono va serqirra xulosa-yu mulohazalariga tayanib kelyapman. Endi esa, uning mahkamamda xizmat qilishga tayyor ekanidan minnatdorman. Amerikaning bosh kotibi –uning dunyo oldidagi chehrasidir. Doktor Rays orqali jahon bizning kuchimiz va mehrimizdan bahramand bo'ladi."

Siyosiy fanlar doktori Rays, prezidentning "ulkan maqsadlari" yo'lida ter to'kishga tayyorman, deydi.

Rays 1954 yilda AQShning janubida, irqchilikning markazi bo'lgan Alabama shtatining Birmingem shahrida tug'ilgan.

Aslida pianist bo'lishni orzu qilgan Kondolizada, keyinchalik tashqi siyoat va xalqaro aloqalarga qiziqish uyg'ondi va shu sohada doktorlik dessertatsiyasini yoqladi.

Rays AQShdagi taniqli bilim dargohlaridan biri-Stenford Universitetida dars berdi va keyinroq, oliygohga prorektorlik qildi.

Ingliz tilidan tashqari, u yana rus, frantsuz va ispan tillarida gaplashadi. Rays - pianist, usta konkichi, shuningdek, AQSh futbo'lining ashaddiy ishqibozi.

Kondoliza Rays xonim bir kun kelib, AQSh futbol ligasini boshqarishni orzu qiladi. U, Bushlar oilasiga anchadan beri tanish. Rays, keksa Bushning prezidentk davrida, davlat xavfsizlik kengashida Sovet Ittifoqi bo'yicha mutaxassis edi.

Jorj Bushning 2000 yildagi saylov kampaniyasi davrida, Rays unga chet el va tashqi siyosat bo'yicha saboq bergan. Prezidentlikka saylangach, Bush uni o'zining eng yaqin maslahatchisi vazifasiga tayinladi.

Mamlakat xavfsizlik kengashining faoliyati yuzasidan kitob yozayotgan Devid Rotkof Kondoliza Rays bilan ko'p marta suhbatda bo'lgan. Yozuvchining bildirishicha, Rays, Prezident Bush bilan, uning birinchi muddatdagi bosh kotibi Kolin Pauelga qaraganda, juda munosabatga ega.

"Kondoliza Rays Bushning sodiq maslahatchisi. Kolin Pauel mudofaa vaziri Donald Ramsfeld bilan ko'p marta tortishgan odam,"-deya hikoya qiladi Rotkof. "Menimcha, Bush Raysni tashqi ishlar vaziri etib tayinlab, rahbariyatidagi ana shu nifoqqa nuqta qo'ymoqchi. Bu bilan, Bush, xalqqa, 'agar mening birinchi muddatdagi siyosatimni yoqtirgan bo'lsangiz, ikkinchi muddatda ham, shu yo'nalishdagi boshqaruvga guvoh bo'lasiz,' demoqchi.

Jorj Vashington Universiteti professori Charlz Kushman yuqoridagi fikr qo'shiladi:

"Kondoliza Rays Bushning dunyoqarashini va maqsadlarini yaqqol va unga sodiq ravishda aks ettiruvchi arbob. Shu bois, u va rahbariyat orasida, Kolin Pauel paytidagi kabi siyosiy kelishmovchiliklar chiqmaydi. Rays Bush uchun nima muhim ekanini yaxshi biladi…"

AQSh siyosatini tahlil qiluvchi va kuzatuvchi mutaxassislarning fikricha, Kondoliza Rays, yangi tashqi ishlar vaziri sifatida, qo'li ostidagi davlat departamenti va Bush rahbariyatining boshqa idoralari orasida hamfikrlikni vujudga keltiradi.

XS
SM
MD
LG