Breaking News

Ichkilikni tashlash uchun yangi dori - 2005-01-24


Tez-tez ichib turish kimlargadir normal holdek tuyulishi mumkin, ammo so'ngi ilmiy izlanishlar natijasiga ko'ra, spirtli ichimliklarga berilish inson miyasini butunlay ishdan chiqarishi mumkin.

Tinimsiz ichadigan kishining miyasidagi hujayralarda retseptorlar, ya'ni sezish qobiliyatiga ega molekulalar ko'paya boshlaydi. Ular boshqa hujayralardan signal oladi. Bu hol, kishining ichkilikni tashlashini qiyinlashtiradi va sog'liqqa zarar ko'rsatadi.

Nyu Yorkdagi Rokefeller Universiteti olimi Sid Sitriklend jarayonni shunday izohlaydi:

"Spirtli ichimlik ta'siri, ya'ni etanol birdaniga barham topgach, uning bosimi ham yo'qoladi. Lekin retseptorlar hali ham tirik. Bu insonning sezish qobiliyatini kuchaytirib, uni ruhan notinch ahvolga soladi."

Rokefeller Universiteti tadqiqotchilari spirtli ichimlikning kishi miyasiga qiladigan ta'sirini kuchaytirivchi genni topishdi.

Spirtli ichimlik T-P-A degan genni ishga tushiradi va miyada fermentlar hosil qiladi. Fermentlar natijasida qobiqda ortiqcha molekulalar paydo bo'ladi.

Tadqiqotchilarning aytishicha, bu salbiy holatni Ifenprodil degan dori cheklashi mumkin. Hozircha dori faqat sichqonlarda sinab ko'rildi. Uning insonlarga ijobiy ta'sir qilishi tayin, deydi olim:

"Gap shundaki, agar kishining spirtli ichimlik ichishni tashlashi qiyin kechayotgan bo'lsa, demak uning miyasida fermentlar ko'p... Bu yangi dori ana shu moddalarga qarshi kurashadi."

Mutaxassislarning fikricha, qator sinovlardan o'tayotgan Ifenprodil yaqin yillarda iste'molga chiqmaydi.

XS
SM
MD
LG