Breaking News

Eron: AQSh yadroviy muzokaralarning samara bermasligini istaydi. - 2005-02-09


Eronning yadroviy dasturi bo'yicha bosh vakili Hassan Ruhoniyning aytishicha, Tehron Yevropa vakillari bilan olib borilayotgan muzokaralarning muvaffaqiyatli tugashini istaydi.

Ammo, deydi u, AQSh yadroviy muzokaralarning samarasiz yakunlanishini xohlaydi.

Ma'lumki, AQSh davlat kotibi (tashqi ishlar vaziri) Kondoliza Rays bugun Yevropa muzokarachilarini Eronga nisbatan qattiqqo'l bo'lishga chaqirdi.

Rays xonim o'z nutqida, mabodo muzokara foyda bermasa, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Eronga qarshi sanktsiyalar qo'yishi mumkin degan fikr ham bildirdi.

AQSh hukumati Eronni yavroviy qurollar tayyorlash maqsadida mahfiy dastur yuritayotganlikda ayblaydi. Tehron esa, bunga javoban, uning atom dasturi tinch maqsadlar yo'lida xizmat qilishini ta'kidlaydi.

Janob Ruhoniyning so'zlariga qaraganda, Tehron bu mojaroga muzokara yo'li bilan nuqta qo'ymoqchi.

Lekin, deydi u, Britaniya, Frantsiya va Germaniya muzokarachilari AQSh ta'siri ostida va ular Vashingtonning, Eron mintaqani atom xavfi ostiga qo'ymoqda, degan fikriga sherikdir.

XS
SM
MD
LG