Breaking News

Alberto Gonzales - AQShning yangi adliya vaziri - 2005-02-14


O'tgan to'rt yil mobaynida Oq Uyda Bushning huquqiy masalalar bo'yicha maslahatchisi vazifasida ishlab kelgan Alberto Gonzales AQShning yandi adliya vaziri etib, qasamyodga keltirildi.

"Janob Gonzales AQShni terror xavfidan saqlash ishlariga boshchilik qiladi va Amerika xalqining erkinligini asragan holda, ichki jinoyatchilikka qarshi kurash olib boradi,"- dedi Bush, yangi vazirni tanishtirarkan. Shuningdek, prezident sobiq maslahatchisini "yaqin do'st," deb atadi.

Texasda, bir meksikalik muhojir oilasida tavallud topib, huquqshunoslik sohasida ta'lim olgan Gonzales bir necha yil davomida xususiy advokat bo'lib ishlagan. Bush Texas gubernatori bo'lgan paytda, Gonzales shtatning davlat kotibi (1997-99) edi. 1999 yilda u Texas Oliy Sudiga tayinlandi.

Gonzales AQSh tarixida adliya vaziri lavozimini egallagan ispan kelib chiqishiga ega birinchi mulozimdir. Uning nomzodligi AQSh Kongresidagi, ayniqsa yuqori palata, ya'ni Senatdagi Demokratlar tomonidan keskin tanqidga uchradi. Gonzales, Bush rahbariyatining huquqshunosi sifatida, terrorda ayblanib qamoqqa olingan kishilarga nisbatan qattiq qiynoqlarning qo'llanishida, o'z hissasini qo'shgan, deya ayblagan qonun chiqaruvchilar bo'ldi. Uzoq bahslar va tortishulardan so'ng, yuz a'zolik Senat Gonzales nomzodligini 60-ga-36 tarzda ovoz berib, ma'qulladi.

XS
SM
MD
LG