Breaking News

AQSh harbiylarining mahbuslarga bergan azoblari haqida yangi dalillar  - 2005-02-18


Amerika Fuqaro Erkinliklari Uyushmasi AQSh harbiylarining Afg'oniston va Iroqda mahbuslarni og'ir qiynoqlarga solgani haqida yangi ma'lumotlar borligini ma'lum qildi.

Uyushmaning omma e'tiboriga havola etayotgan hujjatlar orasida Afg'onistonda xizmat qilayotgan Amerika askarlarining boshiga qop kiydirilgan va bog'langan mahbuslar oldida tushgan suratlari bor.

Ma'lumotlarga ko'ra, bu rasmlar Afg'oniston janubidagi Tazi harbiy bazasida, 2003 yilning dekabr oyidan 2004 yilning fevral oyi orasida olingan. Ba'zi askarlarning bildirishicha, ular bu suratlarni "ko'ngilochar" maqsadda olishgan va ularning bir nechta nusxasini, Iroqning Abu-G'arib qamoqxonasidagi qiynoqlar masalasi ko'tilgach, xavotirga tushib, yo'q qilib tashlashgan.

Pentagon, ya'ni AQSh mudofaa vazirligi Afg'onistondagi qiynoqlar haqida xabar topgach, tekshiruv boshlagan va shu kungacha bir necha harbiylar xizmatdan haydalgan.

Amerika Fuqaro Erkinliklari Uyushmasi Iroqda ham yuqoridagi kabi hollar kuzatilganini ta'kidlaydi. Muassasaning bildirishicha, mahbuslarga azob berish ham Afg'oniston, ham Iroqda, keng miqyosda kuzatiladigan holatdir.

Hozirda uyushma Pentagondan AQSh qo'lidagi mahbuslar haqida ma'lumot so'rayapti. AQSh mudofaa vazirligi masala jiddiy e'tibor ostida ekanini bildiradi.

XS
SM
MD
LG