Breaking News

Bush Yevropa rahbarlari bilan muzokara qilmoqda.  - 2005-02-22


Prezident Bush Belgiya poytaxti Brusselda Yevropa Ittifoqining rahbarlari bilan uchrashdi.

Sal oldin esa Bush NATO, ya'ni Shimoliy Atlantika Shartnomasi ostida vujudga kelgan tashkilotga kiruvchi 26 davlat rahbarlari bilan muloqot olib bordi. Bush Yevropani AQShning Iroqda urush ochishi yuzasidan chiqqan kelishmovchiliklarni ortda qoldirib, hamkorlikning yangi sahifasini ochishga undadi.

NATO bosh kotibi Yap De Hup Shefferning ta'kidlashicha, ittifoqdoshlarning barchasi Afg'oniston, Bolqon va Kosovodagi harbiy amaliyotlarni qo'llab quvvatlaydi. Ular Iroq ichki ishlar xzimatchilarini tayyorlash dasturini zarur mutaxassis va moliyaviy yordam bilan ta'minlash tayyor.

Bushning Yevropaga qilayotgan safaridan asosiy maqsadi, Iroq urushi tufayli zaiflashgan aloqalarni tiklashdir.

U ertaga Germaniyada bo'lib, kansler Gerhard Shroyder bilan uchrashadi. 24 fevral kuni esa Slovakiyada Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara olib boradi.

XS
SM
MD
LG