Breaking News

Bush: AQSh Eronga qarshi urush ochishni rejalashtirmayapti.  - 2005-02-23


Yevropaga safarini davom ettirayotgan Prezident Bush Qo'shma Shtatlar bilan Yevropa o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga urinmoqda.

Tomonlararo aloqalarning yaxshilanishi, jahonda tinchlikni saqlashga o'z hissasini qo'shadi, dedi Bush Yevropa rahbarlari bilan uchrashar ekan.

President Bush, Belgiya, Germaniya va Slovakiyaga tashrif buyurib, Iroqdagi urush yuzasidan chiqqan kelismovchiliklarga chek qo'yishga urinmoqda.

Yaqin Sharq'dagi asosiy maqsadlardan biri, Isroil bilan Falastin o'rtasidagi mojaroga yechim topish ekanini qayd etarkan Bush, mintaqa tinchligini tiklash uchun fursat yetdi, dedi.

Muzokaralar davomida President Bush AQSh Eronga qarshi urush ochish harakatida degan mulohazalarni tamoman rad etdi. Bushning ta'kidlashicha, Eronning yadroviy qurollar yaratish dasturiga barham berish AQSh va Yevropa Ittifoqining mushtarak maqsadidir.

XS
SM
MD
LG