Breaking News

Behisob neytron yulduzlardan biri halokatga uchradi. - 2005-02-23


2004 yil so’nggida magnetar yulduz halokati yuz berdi. Voqea AQSh va Yevropaga tegishli sun’iy yer yo’ldoshi va yerdagi teleskoplar orqali kuzatilgan. Portlash, bir lahzada, to’lin oydek ko'rindi, ammo keng miqyosda, koinotda deyarli sezilmadi.

AQShning Los Alamos shahridagi ilmiy laboratoriya xodimi Devid Palmer shunday izoh beradi:

"Portlash yulduzlarning har sekundning o’ndan birida taratadigan nurini hosil qildi, xolos. Endi, buni mingga ko’paytiring."

Portlashni kuzatgan olimning aytishicha, portlash Qavs murjidagi, alohida aylanib yurgan neytron yulduzdan, 50 ming yorug’lik yil uzoqlikdan kelgan. Fazoshunos Andryu Frukterning fikricha, bu neytron yulduz aslida halokatga uchragan yirik bir yulduzning bir parchasidir."Katta yulduzlar tez harakat qiladi va erta xazon bo’ladi. Ulardan aylanuvchan qoldiqlar qoladi. Ular biz o’ylagandan ham qiziqroq ko’rinyapti,"-deydi u.

Koinotdagi portlashga sabab bo’lgan neytron yulduz magnetar, deb ataladi. Chunki u o’ta kuchli magnit maydoniga ega. Magnetar kredit kartochkaning magnit chizig’iga yo’zilgan ma’lumotni samodan turib, o’chirib tashlashi mumkin.

Fazoshunoslarning fikricha, portlash shu yulduzning magnit maydoni sabab vujudga kelgan. Ularning taxminlaricha, yulduz yuzasi qimirlagan va undan elektr quvvati otilib ketgan.

Sababidan qat’iy nazar, radiatsiya koinotda pufak kabi tarqalib, uning quvvati yerning yuqori atmosferasini qopladi. Natijada atomlar ajraldi va osmon uzra portladi.

Holat ustida izlangan astrofizik Brayan Genzler samoviy portlashning qanday ta’sir ko’rsatishi haqida shunday mulohaza bildiradi:

"Bu moddalar odatda birdaniga kattalashib ketmaydi. Biz yerga ko’chat ekib, uning katta bir daraxtga aylanishi uchun 50 yil kutishga o’rganganmiz. Bu safar esa, xuddi, ekkan ko’chatimiz bir necha hafta ichida daraxtga aylanib qolgandek tuyuldi. Jarayon shu qadar tez yuz berdiki, menimcha, bu hol bizning umrimiz davomida boshqa takrorlanmaydi."

O’tgan yillar mobaynida samoda gamma nurlarining portlashi yuzlab marotaba kuzatilgan. Olimlarning ta’kidlashicha, bu qisqa portlashlar oxirgi marta ko’rilgan neytron yulduzi kabi gamma nurlari taratadi.

XS
SM
MD
LG