Breaking News

Ko'mir yana noyob yoqilg'i turiga aylanmoqda


Avtomobil va neft asridan avval ko’mir asosiy yoqilg'i edi. Neftning narxi tobora oshib borarkan hamda Xitoy va Hindiston kabi rivojlanayotgan mamlakatlarda neftga talab kuchayarkan, AQShda ko’mirga nisbatan e’tibor ortmoqda.

Ko’mir jahon moiqyosida yonilg’iga nisbatan talabni qondira oladi, deydi mamlakat konchilari uyushmasi prezidenti Jek Gerald: "Juda ko’p mamlakatlarda katta miqdorda ko’mir ishlab chiqariladi. Tarixdan ma’lumki, ko’mir eksportchilari uning yirik iste’molchilari hamdir. Uning narxi ko’tarilgan."

O’tgan yillar ichida ko’mir narxi ikki barobarga oshgan. "Buning bir sababi elektr quvvatiga nisbatan talab oshmoqda. AQSh uning 52 foizini ko’mirdan oladi. Elektr quvvati, dunyo bo’ylab, qimmatbaho mahsulotga aylanmoqda,"- deydi janob Gerald.

AQSh uchun ko’mir energetika mustaqilligining asosidir. Mutaxassisning fikricha, "hozirgi iste’molga qarab, AQShda kamida 250 yilga yetadigan ko’mir zahirasi bor, desak bo’ladi."

Biroq ko’mir iste’molining kengayishi atrof-muhitga o’z salbiy ta’sirini ko’rsatmaydimi, degan xavotir bor.

"O’tgan 40-50 yil mobaynida AQShda atrof-muhitning buzilishida va havoning zaharlanishida eng kuchli rol o’ynagan jarayon bu ko’mir yo’qish bo’ldi,"-deydi tabiat muhofazasi uchun kurashuvchi Jon Wok. Uning nazarida, ko’mirga qaytish atrof-muhit himoyasi yo’lidagi eski qonunlarni qayta kuchga kiritish, deganidir. Ko’mirdan chiqqan tutunni tozalash va bu bilan bog’liq yangi texnologiyalarni ishga solish kerak, deydi u. "Zarur texnologiya bor, ammo uni ishga solish uchun siyosiy iroda yetishmaydi."

AQSh ko’mir sanoati ko’mir tutunini tozalovchi arzon texnologiyalar bo’lsa, ularning faoliyatini qo’llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildiradi.

Ko’mir sanoati faoliyati pasaygan paytlarda bu turdagi texnologiyaning bahosi ham ancha past edi. Bir necha yil oldin, ko’mirdan elektr quvvati ishlab chiqaruvchi zavodlar sonini qo’lda sanash mumkin edi. Bugun ularning soni yuzdan ortgan.

"Kelasi 20 yil ichida Amerika xalqining elektr quvvatiga nisbatan talabi 40 foizga oshadi. Bu talabni faqat ko’mir yoqib, qondirish mumkin, xolos."

Yaqin kelajakda, qora oltin, deb atalmish ko’mirning narxi yanada ko’tilsa, ajabmas.

XS
SM
MD
LG