Breaking News

Prezident Bush Isroil Bosh vaziri bilan Texasda uchrashdi


Dushanba kuni Prezident Jorj Bush o'zining Texasdagi ranchosida Isroil Bosh vaziri Ariel Sharon bilan uchrashdi. Prezident Bush "Yo'l xaritasi" deb nomlangan tinchlik dasturida kelishilganidek, Iordan daryosining g'arbiy sohilida yaxudiylar uchun uy-joy qurilishini kengaytirmaslik borasidagi va'dasining ustidan chiqishini Bosh vazir Sharondan iltimos qildi.

Prezident Bush, shuningdek, Sharondan Falastin hududidan noqonuniy zastavalarni olib tashlashga ham undadi.

Bush ma'muriyati Isroil hukumatining g'arbiy sohilga qo'shimcha 3,500 uy-joy qurish borasidagi rejasiga, oldindan kelishilgan tinchlik muzokarasiga zid bo'lganligi uchun, qarshi chiqib keldi.

Isroil Bosh vaziri Ariel Sharon ruxsatsiz o'rnatilgan zastavalarni olib tashlashga va "Yo'l xaritasi"ning barcha shartlariga rioya qilishga va'da berdi.

XS
SM
MD
LG