Breaking News

Bobbi Fisher Islandiyaga keldi, biroq AQSh hukumati uni topshirishlarini talab qilishda davom etmoqda


AQSh tomonidan qonunbuzarlikda ayblanayotgan shaxmat bo'yicha sobiq jahon chempioni amerikalik Bobbi Fisher nihoyat Islandiyaga boshpana olib keldi. Unga Islandiya fuqaroligi taqdim etildi. U bu erga payshanba kuni Yaponiyadan keldi.

Yaponiyada Fisher o'tgan iyul oyidan beri soxta pasport bilan sayohat qilganlikda ayblanib saqlanayotgan edi. Ozodlikka chiqqanidan nihoyatda xursand bo'lar ekan, Fisher uni Amerikaga topshirish niyati bo'lgan Yaponiya Bosh vaziri Zunitiro Koizumidan g'azablanib, uni Jorj Bushning qo'g'irchog'i, deya atadi.

AQSh keksa shaxmatchini 1992 yili sobiq Yugoslaviyada xalqaro sanktsiyalarga qaramay, shaxmat o'yinini o'tkazganlikda ayblamoqda. AQSh Fisherni unga topshirishni Islandiyadan so'rashini ma'lum qildi.

Islandiyaliklarning ko'pchiligi Fisherni yaxshi taniydilar, chunki u mana shu erda 1972 yili jahon chempionatida Sovet shaxmat chempioni Boris Spasskiy ustidan g'alaba qozongan.

XS
SM
MD
LG