Breaking News

Florida sudi Terri Shiavoning ota-onasiga yana rad javob qildi


Florida shtatining federal okrugi sudi miyasi falajlangan Terri Shiavo ota-onasining, qizlarining oziqlanish tizimini tiklash to'grisidagi favqulodda talabini yana bir bor rad etdi.

Shiavoning ota-onasi undan ham yuqoriroq sudga appelyatsiya berishi mumkin, biroq so'nggi kunlarda sudlar bir necha shunga o'xshash talablarni qondirmadilar.

Payshanba kuni AQSh Oliy sudi Shiavo ishiga aralashmasligini bildirdi. Boshqa sudya esa Florida gubernatori Jeb Bushning 41-yoshli ayolni otaliqqa olishga nisbatan bildirilgan appelyatsiyasiga rad javob qaytardi.

O'tgan juma kuni Terri Shiavoning oziqlanish tizimi olib tashlangan edi. Eri Maykl Shiavo va ota-onalari o'rtasidagi huquqiy qarama-qarshilik davom etib kelayotgan bir paytda, Terrining salomatligi kundan-kunga yomonlashib bormoqda. Mayklning aytishicha, rafiqasi hayotining sun'iy holda davom etishini hohlamasligi haqida unga bildirgan.

XS
SM
MD
LG