Breaking News

Ted Kuzer AQShning bu yilgi shoir laureati bo'ldi


Ted Kuzer Vashingtondagi AQSh Kongressi kutubxonasi tomonidan AQShning shoir laureati degan faxriy unvonga sazovor bo’ldi. Uning endigi vazifasi – she’riyatni targ’ib qilish. Ted o’zi Nebraska shtatidan. Nebraska – aholisi siyrak va asosan qishloq ho’jaligiga asoslangan shtat. Ted she’riyatni sevadi.

"Men hayotimni she’r yozish bilan o’tkazishni orzu qilganman. Biroq pul topish uchun ish qilish kerak edi," deydi Ted. "Men uchun ish bilan she’r yozish boshqa-boshqa narsalar edi. Endi esa bir bo’ldi."

Tedning asosiy ish joyi - su’gurta idorasi. Shu sohaga umrining 25 yilini sarfladi. Biroq har tong ishiga yetguncha soatlab she’r yozishni mashq qilardi. Hozirgi laureatlik lavozimida esa u ham yozadi, ham dars beradi, ham pul topadi.

"Biron bir unvonga ega bo’lish hayotda juda qo’l kelarkan. Menga gazetada alohida joy ajratib berishdi," dbe suyunadi shoir. "Unda haftada bir marta she’riyat shaydolari uchun maqolalarim va she’rlarim chiqib turadi."

"Men 25 yil davomida she’riyatni gazetalarga qaytarish haqida orzu qilib keldim," gapida davom etadi Ted. "Biroq unda hozirgi laureatlik unvonim yo’q edi va buning uddasidan chiqa olmas edim. Endi esa yuqori martabali odamlar bilan aloqada bo’lishim osonlashdi."

Shu kungacha chiqqan 10 kitobining aksariyatida Ted AQShning g’arbiy qismidagi, o’zi istiqomat qilayotgan Greyt Pleinz, ya’ni Buyuk Tekisliklarning go’zalligini ta’riflaydi. She’rlari oddiy til bilan yozilgan bo’lsada, hissiyot va xotiralarni mohirona va aniq ifoda etadi.

"Ko’zga yaqqol tashlanmasa-da, juda fusunkor joylar, g’ozalligi nozik, uni payqash qiyin," deya tug'ilgan joylari bilan faxrlanadi Ted. "Menimcha, laureatlikni menga, unvonlarga kam sazovor bo’ladigan g’arbiy mintaqadan bo’lganim uchun berishgan bo’lsa kerak. Bu albatta biz uchun - o’zimizni tanitish uchun- ulkan imkoniyat. Greyt Pleinzda iste’dodli yozuvchi va shoirlar ko’p. Ular ham diqqatga muhtoj."

Laureat Shoir sifatida Ted endi ularga yordam bera oladi. Kongress kutubxonasida o’tadigan mushoiraga tanilmagan shoirlarni taklif etib, ularning ijodini gazetadagi sahifasida chop etishi mumkin. Yangi orttirgan shuhrati uning 10-tomlik she’rlar to’plamini sotishda qo’l kelyapti.

XS
SM
MD
LG