Breaking News

Koronavirus Afg'onistonga kirib bordi


Afg’oniston Sog’liqni saqlash vazirligi mamlakatda ilk koronavirus holati haqida ma’lum qildi. Yaqinda Eronga borgan ushbu fuqaroning hirotlik ekani aytilmoqda. Vazirlik viloyatda favqulodda holat e’lon qildi.

Sog’liqni saqlash vaziri Feruziddin Feruzning aytishicha, virusga yo’liqqan odam 35 yoshda bo’lib, Eronning Qum shahrida bo’lib qaytgan.

“Yana ikki odamning analizlarini Kobulga yuborgandik, virus borligi tasdiqlanmadi. Yagona bemor oddiy kasalxonada karantin sharoitida davolanmoqda, tashqi dunyo bilan aloqa yo’q, boshqalarga xavf yo’q”, - dedi u.

Hirotda favqulodda holat e’lon qilinib, odamlarga safarga chiqmaslik tavsiya qilinmoqda. Yaqinda Qumdan Hirotga qaytgan 50 odam ham karantinga joylangan.

“50 ga yaqin kishida virus borligi gumon qilinmoqda. Hammasi o’z uyida, tashqariga chiqishi cheklangan”, - deydi Kasalliklarni nazorat qilish markazi rahbari Nazir Ahmad Dehqon.

Eron virusdan o’lganlar soni bo’yicha Xitoydan keyin turibdi. Shu kungacha islomiy respublikada 12 kasal o’lgan.

Hirot hokimi o’rinbosari Dovud Hoshimiy Eron bilan chegarani yopish, Eronga reyslarni qoldirishni tavsiya etdik, deydi. Shundan so’ng Milliy xavfsizlik kengashi Eron bilan bordi-keldini to’xtatdi.

Kengash matbuot kotibi Javed Faysalning aytishicha, Eron va Pokistondan parranda va tuxum xarid qilish ham to’xtatildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG