Breaking News

Qandahorliklar saylovga qiziqish bildirmayapti


Afg'onistonda prezidentlikka 17 nomzod da'vo qilmoqda

28-sentabr shanba kuni Afg’onistonda prezident saylovlari o’tkaziladi. Bu 2004-yildan beri to’rtinchi saylov. Janubdagi Qandahor aholisi jarayonga qiziqish bildirmayapti. Qandahor bir paytlar Tolibon harakati hududining poytaxti bo’lgan. “Amerika Ovozi” muxbiri yaqinda shu shaharda bo’lib, fuqarolarning saylovoldi kayfiyati bilan tanishdi.

Xalqaro hayot - 25-sentabr, 2019-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:16 0:00

Qandahor Afg’onistonning poytaxt Kobul va shimoldagi Mozori Sharifdan keyingi uchinchi yirik shahri. O’ndan ortiq odam prezidentlikka nomzod bo’lgani bilan Qandahorda saylov tashviqoti sust olib borilmoqda, saylov reklamasi, siyosiy plakatlarni ko’p ko’rmaysiz. Odamlar ham befarq.

Ba’zilar buni AQSh va Tolibon o’rtasidagi tinchlik muzokaralarining to’xtab qolgani bilan izohlamoqda. Oy boshida toliblar amerikalik askarning hayotiga zomin bo’lgan xurujga qo’l urganidan so’ng Prezident Tramp muzokaralarni bekor qilishni buyurgan.

“Odamlarning muloqotdan umidlari katta edi. Ba’zilar hozir yangi prezident saylansa, urush davom etadi deya xavotir olmoqda”, - deydi Muhibulla ismli savdogar.

Boshqalar esa saylovdan foyda yo’q, Amerikaning aytgani bo’ladi, deydi.

“Ovozimiz saylovda hech narsaga ta’sir qilmaydi. Rahbarlarimiz mustaqil emas”, - deydi qandahorlik Hoji Muhammad Dovud.

Siyosiy faollar nazarida, davlatni boshqarishdagi layoqatsizlik ham odamlarda saylov jarayoniga ishonchsizlikni tug’dirgan.

“Bu yerda siyosiy reklama ham, namoyishlar ham kam. Targ’ibotni deyarli ko’rmaysiz. Odamlar yolg’on va’dalardan charchagan”, - deydi Abdulla Toj.

Natijada shanba kuni Qandahorda saylovga kam odam chiqishi kutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG