Breaking News

Afg'onlar saylovda faol qatnashdi


Afg'on ayollari saylovga chiqdi, 5-aprel, 2014-yil
Afg'on ayollari saylovga chiqdi, 5-aprel, 2014-yil
Afg’onistonda Tolibon do’q-po’pisalariga qaramay aholi prezident saylovlarida faol ishtirok etgan. Barcha saylovchilarda ovoz berish imkoni bo’lishi uchun saylov uchastkalarining soati uzaytirilgan.

Muddati tugayotgan prezident Hamid Karzay bugun saharda birinchilardan ovoz bergan. Mamlakatni 12 yil boshqargan arbob qonunga ko’ra uchinchi bor saylana olmaydi.

BMTning Afg’oniston bo’yicha maxsus vakili Yan Kubish aholining faol ishtirokini olqishlagan.

"Jarayonda haddan ziyod ko’p odam qatnashdi", - deydi Afg’oniston mustaqil saylov komissiyasi rahbari Ahmad Yusuf Nuristoniy.

Ayrim uchastkalarda saylovchilar ko'pligidan byulletenlar yetmagani aytiladi.

Yakuniy natijalar bir necha haftada ma’lum bo’ladi. Agar sakkiz nomzoddan hech biri kamida 50 foiz ovoz to’play olmasa, eng yuqori natija ko’rsatgan ikki arbob ikkinchi bosqichda o’zaro bellashadi.

Tolibon kim saylovda qatnashsa, hayotini xavf ostiga qo’yadi, deb aholini qo’rqitishga harakat qildi, saylovdan oldin zo’ravonliklarga qo’l urdi, biroq rasmiylarga ko’ra, bugungi jarayon nisbatan tinch o’tgan.

Shu kuni mamlakatda mahalliy kengashlarga ham saylovlar o'tdi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG