Afg’onistonda oy boshida o’tgan prezident saylovlarida berilgan ovozlar hanuz hisoblanmoqda. Jarayonda 12 milliondan yetti million saylovchi qatnashgan.
Mustaqil saylov komissiyasi raisi Ahmad Yusuf Nuristoniyning aytishicha, ovozlarning deyarli yarmi sanalgan.
Sobiq tashqi ishlar vaziri Abdulla Abdulla 44 foiz bilan oldinda. Undan keyingi o’rinda 33 foiz ovoz bilan sobiq moliya vaziri Ashraf G’ani.
Agar sakkiz nomzoddan hech biri 50 foizdan ko’p ovoz to’play olmasa, ikki peshqadam keyingi bosqichda o’zaro bellashadi.
Nuristoniyga ko’ra, hozircha ikkinchi bosqich ehtimoli haqida gapirishga erta. Yakuniy natija 14-may kuni ma’lum bo’ladi.
G’olib mamlakatni ikki muddat boshqargan Hamid Karzay o’rnini egallaydi. Qonunga ko’ra, Karzay uchinchi muddatga saylana olmaydi.
Abdulla Abdulla g’alabaga umid qilmoqda.
“Saylov natijasi shubhadan xoli bo’lishi lozim”, - dedi u.
Bu yilgi saylovlar nisbatan halol o’tgani aytilmoqda.