Breaking News

Afg'onistonda bir oilaning 46 a'zosi koronavirusga chalingan


Afg’oniston poytaxti Kobulda yashovchi bir oilaga aloqador 46 odam koronavirusga uchrab, bir necha kun ichida uch nafari hayotdan ko’z yumgan.

Xalqaro hayot – 27-may, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:16 0:00

Qurbonlardan biri shifokor Yusuf Aryubi bo’lib, shahardagi afg’on-yapon kasalxonasi unga test natijasi haqida ma’lum qilmagan. Virus yuqtirganidan bexabar shifokor ehtiyot choralarini ko’rmasdan oila a’zolariga ham yuqtirgan.

Afg’onistonda sog’liqni saqlash tizimidagi kamchiliklar, hukumatning pandemiyaga sekin javobi va aholining beparvoligi mamlakatni virus oldida zaif qilib qo’ydi.

Aryubining virusga chalingan akasi Bextarin Paktiyaval odamlarni koronavirus haqida xabardor qilish uchun YouTube ga videolar qo’ymoqda.

“Bu kasallik borligiga ishonmaganman – yolg’on, tashviqot yoki bir mish-mish deb o’ylaganman. Ukam Yusuf, opam va yana bir inim o’lganidan so’ng, men ham virus yuqtirganimdan so’ng uning qanchalik xavfli ekaniga amin bo’ldim. Beparvolik qimmatga tushadi”, - deydi Paktiyaval.

Afg’on-Yapon Yuqumli kasalliklar kasalxonasi 2014-yilda Yaponiya hukumati granti hisobiga qurilgan bo’lib, ayni paytda Kobulda koronavirusga test o’tkazuvchi va undan davolovchi ikki tibbiy markazdan biridir. Biroq shifokorlar kasalxona bemorlar bilan to’lganini, bunday sharoitda ishlashga tayyor emasligini aytadi.

Har kuni 600 ga yaqin odam bu yerda test topshiradi, biroq kasalxona bir kunda faqat 150 ta testni tahlil qila olishini bildiradi. Koronavirus bilan shug’ullanuvchi ikkinchi markazning ham salohiyati cheklangan.

Paktiyavalning aytishicha, ayni paytda barcha oila a’zolari uyda karantinda. Bundan xabar topgan qo’shnilar uylaridan chiqib, vaqtincha qarindoshlarinikiga ketgan.

Oziq-ovqat do’konlari Aryubi xonadoniga mahsulot yetkazishdan bosh tortgan.

Yordamga muhtoj oila Paktiya viloyatidagi qarindoshlariga iltijo qiladi. To’rt qarindosh turmush o’rtog’i va farzandlari bilan Aryubilarnikiga boradi, biroq tez orada ularda ham kasallik alomatlari paydo bo’la boshlaydi.

Shu kunga qadar bir oilaning 46 a’zosi koronavirus bilan kasallangan.

Sog’liqni saqlash vazirligi shu oy 500 tasodifiy odamni testdan o’tkazganida ularning uchdan birida koronavirus aniqlangan. 36 million aholisi bor Afg’onistonda hozircha faqat 30 mingta test o’tkazilgan, xolos. Mamlakat bo’ylab kasallanganlar 12 mingdan oshgan, 227 odam o’lgan.

Virusga yo’liqib sog’aygan Sog’liqni saqlash vaziri Feruziddin Feruz jamoatchilikni tavsiyalarga rioya qilishga chaqirmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG