Breaking News

Afg'oniston yangiliklari - 20-sentabr, 2021-yil


Kobulda namoyish
Xalqaro hayot – 20-sentabr, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:24 0:00

Jalolobodda "Islomiy davlat" xurujlarida 35 dan ziyod tolib o'lgan

Afg’oniston sharqida joylashgan Jalolobod shahrida “Islomiy davlat” jangari to’dasining qator xurujlari oqibatida Tolibon harakatining 35 dan ortiq a’zosi halok bo’lgan. “Amaq” axborot agentligining xabar berishicha, jihodchilar toliblarning 6 ta mashinasini nishonga olgan. Jami 7 ta bomba portlagani ma’lum.

Hirotda o'quvchi qizlar namoyish qildi

Afg’oniston g’arbidagi Hirot viloyatida bir guruh o'quvchi qizlar namoyish qilib, Tolibondan maktablarda 7-sinfdan 12-sinfgacha bo’lgan o’quvchi qizlarga o’qishini davom ettirishga ruxsat berishni talab qildi. Qizlar maktablari qayta ochilmaguncha o’g’il bolalar o’qimay tursin, deydi namoyishchilar.

"Qizlar so’nggi 25 yilda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Maqsadlarimiz ko’p, ammo buning uchun o’qish kerak”, - deydi 10-sinf o’quvchisi Andana Jon.

Boshlang’ich maktablarda qizlar o’qishga qaytgan, biroq sinflar bo’lingan.

Ta’lim vazirligi o’g’il bolalar uchun o’rta maktablar yaqinda faoliyatini davom ettirishini ma’lum qildi. Tolibon so’zlovchisi Zabihulla Mujohidning aytishicha, kattaroq yoshdagi qizlar maktablarini ochishdan oldin qatnov masalasini yo’lga solish kerak.

Kobulliklar xalqaro hamjamiyatdan yordam kutmoqda

Gumanitar inqiroz Afg’oniston ostonasida ekan, poytaxt kobulliklar xalqaro hamjamiyatdan najot kutmoqda. 7 bolaning otasi 37 yashar Mahil Og’aning aytishicha, siyosat o’z yo’lida, ammo oddiy xalqni ham esdan chiqarmaslik kerak.

"Ashraf G’ani hukumatida qishda bizga yordam berishardi. O’tin, moy olardik, ammo hozircha yordam berishgani yo’q”, - deydi u.

Yigitning rafiqasi va onasi ham uning qaramog’ida.

"Bizneslar o’lgan. Odamlar qashshoq, hammaning sharoiti og’irlashgan”, - deydi Sulaymon ismli yana bir kobullik.

Yakshanba kuni Pokistonning Peshovar shahridan Afg’oniston tomon oziq-ovqat joylangan 17 ta yuk mashinasi o’tgan. Un, yog’, shakar va guruchni Pokiston-Afg’oniston hamkorlik forumi tashkiloti xayriya qilgan.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning aytishicha, Afg’oniston yirik gumanitar ofat yoqasida turibdi.

BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi 14 millionga yaqin odam ocharchilik bo’sag’asida turganini ma’lum qildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG