Breaking News

11 yoshli qizaloq onasining jinoyati tufayli qamoqda


Qamoqda tug'ilgan qizaloq
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:27 0:00

Qamoqda tug'ilgan qizaloq

Mina 2006-yilda qamoqxonada tug’ilgan, hozir 11 yoshda. Onasi bilan Afg’onistonning Jalolobod shahridagi Nangarhor qamoqxonasida o’sayotgan qizaloq to’rt devor ortidagi dunyoni ko’rmagan.

Qamoqdagi afg'on bolalar
Iltimos, kuting...
Embed

No media source currently available

0:00 0:02:23 0:00

“Otam odamlarni o’ldirgan. Keyin otam, amakim, akam va onam qamalgan. Otam bilan akam qamoqda jon berdi. Onam hayot, shu yerda. Men qamoqda tug’ilganman”, - deydi Mina.

Sud Minaning otasini qamoqqa tashlashga hukm chiqarganida onasi unga homiladorbo’lgan. Qizning ota-onasi, akasi va amakisi uyushgan jinoyatchilik, 27 nafar odamning joniga qasd qilish aybi bilan qamalgan.

Otasi va akasi o’limga mahkum qilingan. Onasi homilador bo’lgani uchun o’lim jazosidan omon qolgan. 11 yil o’tibdiki, Minaga qamoqdan tashqi olamda nima borligi qiziq.

“Orzuim onam bilan ko’chaga chiqish, akalarimni ko’rish”, - deydi u.

Mina o’ziga o’xshagan bolalar bilan qamoqxonadagi boshlang’ich maktabga o’qiydi, birga o’ynaydi. Ular bir-biridan doimiy dahshat va qayg’uli hikoyalar eshitib o’syapti.

“Amerika Ovozi” bilan gaplasharkan, ozodlik orzusi va o’zining intilishlari haqida qayta-qayta gapirdi.

“Onam bilan uyimizga qaytsak, o’qiyman. Shifokor bo’lmoqchiman”, - deydi qizaloq.

Nega endi Mina ozodlikka chiqolmaydi? Sababini surishtirdik.
“Qizimdan ayirishsa, o'limga ham tayyorman. Bolamdan ayri bo’lishim bilan o’zimni osaman. Tirikligim shu bolaga bog’liq”, - deydi Minaning onasi Shirin Gul.

Qizining ozodlikka chiqishi ona nazarida xavfli. Uning Minadan katta ikki o’g’li bo’lgan, lekin hech qachon onasi yoki singlisini yo’qlab kelmagan.

Taqdir taqozosi bilan Minaning hayoti qamoqxonada. U o’zi qilmagan jinoyat qurboni. Kelajak ham mavhum.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG