Breaking News

Balxda endi kitobxonlikka imkon bor


Afg’onistonlik kitobxonlar nazariga tushgan yosh ijodkor Asadulla Ixtishom Balx viloyatida yashab, ijod qiladi. Maqsadim, deydi u, xalq ertaklariga, she’riyatga bolajonlarni qiziqtirish. So’nggi uch yilda minglab kitoblarni tarqatib chiqdi.

Afg'on bolalari qanchalik kitob o'qiy oladi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:31 0:00

​Asadulla Ixtishom – yozuvchi va shoir. Bolalar uchun kitoblar yozadi. O’zi Balx universitetining adabiyot fakultetini tamomlagan. Uning maqsadi Afg’onistondagi har bir bolani kitobga, kitobxonlikka qiziqtirish. Ularga she’r va hikoyalarini ulashadi.

“Kitoblarda ertak, she’r, bolalar qo’shiqlari o’rin olgan. Xalq og’zaki ijodidagi ertak va qissalar batamom yo’q bo’lib ketmasdan to’plam yaratib qo’yishni xohladim. Tarbiyaviy ahamiyatga ega hikoyalar kamayib ketgan”, - deydi u.

Yozuvchi o’zi mutolaani sevarkan, bolalarda ham o’qishga mehr uyg’otishni istaydi. Ikki yildan beri maktablarga qatnab, kitob tarqatadi. Hikoyalar, deydi u, bolalar tafakkurini rivojlantirishga hissa qo’shadi.

“Uch mingga yaqin kitob chop etib, ulashdik. Maktablarda ham qo’llanilmoqda. Qo’shni viloyatlardagi maktab, kutubxonalarga ham yuboryapmiz”, - deydi u.

Bolalarga ham kitoblar manzur bo’layotganini ko’rish mumkin.

“Ertaklarni o’qib, ulardan o’rganaman”, - deydi 3-sinf o’quvchisi.

“O’qish maza. Zehnni o’tkir qilarkan”, - deydi yana bir bolakay.

Bolalarning qiziqishidan o’qituvchilar ham mamnun.

“Kitobxonlik madaniyatini oshirish va targ’ib qilish - kelajak poydevori. Yoshligidan kitobga mehr qo’ygan bolalarning rivojlanishi boshqacha bo’ladi”, - deydi o’qituvchi Muhammad Ismoil.

Balx viloyatida aksar bolalar kutubxonalarga qatnay olmaydi. Asadulla Ixtishom bu bo’shliqni to’ldirmoqda.

Afg'on bolalari qanchalik kitob o'qiy oladi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:55 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG