Breaking News

Pandemiya Pokistondagi afg'on qochqinlari hayotini yanada qiyinlashtirdi


Pokistonda qochqin sifatida ro’yxatga olingan va olinmagan salkam 2,5 million afg’on yashaydi. Aksariyati lagerda yashasa-da, tirikchiligini o’zi qiladi. Koronavirus oqibatida joriy etilgan cheklangan karantin afg’on qochqinlari turmushini yanada qiyinlashtirdi.

“Bu odamlar kuniga bazo’r 3-4 dollar topadi. Ba’zilari ko’chada qog’oz terib yoki chiqindi to’plab, kun kechiradi. Kimdir moped va mototsikl ta’mirlaydi. Hozir hammasi uyda o’tirishga majbur”, - deydi Abdul Hamid ismli qochqinlar vakili.

Islomoboddagi mana bu lagerda 800 ta oila yoki taxminan 5000 odam yashaydi. Aksariyati yaqin atrofdagi sabzavot bozorida ishlaydi.

“Koronavirus tarqalganidan beri bozorda to’planishimizga ruxsat berishmayapti. Kuni bilan ko’chada turamiz, ammo hech kim bizni ishga yollagani yo’q”, - deydi Abdul Xoliq ismli afg’on.

Boshqa shaharlarda yashovchi vatandoshlarining ham ahvoli o’xshash.
BMTning Qochqinlar bo’yicha Oliy komissariati ayrim qochqinlarga pul berilishini ma’lum qildi.

“Pul yo’qligi sabab ertaroq yordam bera olmadik. Zudlik bilan donorlarga chiqib, vaziyatni tushuntirdik”, - deydi idoraning Pokistondagi vakili o’rinbosari Ayn Xol.

Pokistonda yashovchi salkam uch million afg’onning deyarli yarmi qochqin sifatida ro’yxatdan o’tmagani uchun agentlik ularga yordam bera olmaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG