Afg'on qizlari Amerikadagi konkurs uchun robot yaratdi

  • Amerika Ovozi

Ixtirochi-qizlar

Bir guruh afg’on o’smirlari Vashingtondagi konkursda qatnasha olmasa-da, o’zlari yasagan robotni Amerikaga yubordi. Hirot viloyatidan chiqqan olti nafar qiz ikki bor viza olishga harakat qildi, ammo AQShning Kobuldagi elchixonasi ularga viza nega berilmaganini izohlashdan bosh tortmoqda. Qizlar 10 maktabdan tanlab olindi.

Ular tanlovga taqdim etgan robot sharlarni saralaydi.

“Robotimiz ranglarni farqlab, sharlarni to’playdi. Qancha ko’p shar tersa, shuncha ko’p ochko to’playdi. Afg’oniston jamoasi bu yili konkursda qatnashayotganidan xursandmiz”, - deydi jamoa a’zosi Fotima Qodiriyon.

Lida ismli ishtirokchi Amerikaga bora olmasligidan xafa.

“Viza ololmaganimiz chatoq bo’ldi, ammo noumid bo’lmadik. O’z ustimizda ishlab, robotimizni yaratishga muvaffaq bo’ldik. Afg’on qizlarining ham qo’lidan ko’p narsa kelishini endi butun dunyo ko’rib qo’ysin”, - deydi u.

“Robotimizni Amerikaga FedEx pochta xizmati bilan yubordik”, - deydi Ali Rizo Mehribon.

Afg’on qizlari viza ololmagani ma’lum bo’lgach, bu haqda keng xabar qilindi, prezidentlikka sobiq da’vogar, senator Berni Sanders hatto Davlat departamentidan qarorni qayta ko’rib chiqishni talab qildi. Ammo hozircha behuda. Qizlar konkursni endi internet orqali tomosha qiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG