Afg’onistonda davlat ta’lim markazlari qatorida nodavlat dargohlar ham faol. Xususiy markazlarga talab kuchli ekani aytiladi. “Amerika Ovozi” nodavlat ta’lim markazlaridan birida bo’ldi.

Juzjon viloyatining Shibirg’on shahrida joylashgan “Shafqat” ta’lim markaziga Turkiyada o’qib, vataniga qaytgan Muhammad Olim Yildirim ismli yigit asos solgan. Uning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, dargohning asosiy maqsadi vatan kelajagi bo’lgan bolalarni ilm-marifat bilan ta’minlashdir. Ushbu markazda o’qiyotgan bolalar yaratib berilgan sharoitdan mamnun.

“Shafqat” ta’lim markazi o'quvchilari
“Shafqat” ta’lim markazi o'quvchilari

“Bu yerda ingliz tili, komputerdan dars o’qiyapman. Iqtisodimiz zaif, lekin bu kurs bizni bepul o’qitadi”,- deydi Subhona ismli o’quvchi.

Kichkintoylarning orzulari bir dunyo. Bolalardan nima o’qib, kim bo’lmoqchisiz deb so’rasangiz, doktor yoki injener bo’lmoqchiman degan javob olgan bo’lasiz.

“Bolaligimdan doktor bo’lish orzusidaman. Darslarimni o’qib, tish doktori bo’lmoqchiman”,- deydi Malolay ismli yana bir o’quvchi.

“Shafqat” ta’lim markazida komputer darsi
“Shafqat” ta’lim markazida komputer darsi

“Shafqat Ijimoiy Anjumani” boshlig’i va “Shafqat” ta’lim markazi asoschisi Muhammad Olim Yildirimga ko’ra, mazkur markaz iqtisodi zaif oilalarga yordam berish maqsadida ochilgan. Boshqa dargohlardan ko’ra to’rt baravar oz mablag’ olib o’qitmoqda. O’quvchilardan olinayotgan mablag’ning asosiy qismini ularga dars qurollari kabi zarur ashyolar xarid qilib qaytib beriladi.

“Ta’lim markazlariga qiziqish kuchli. Menimcha, bir kurs uchun muhim narsa bu sifatli ta’lim berishdir. Biz sifatli o’qitish ustida ishlayapmiz. Har hafta bolalarning oilalari bilan uchrashib turamiz”,- deydi Yildirim.

“Shafqat” ta’lim markazida matematika darsi
“Shafqat” ta’lim markazida matematika darsi

“Shafqat” ta’lim markazida o’qiyotgan bolalar soni 800 kishini tashkil qiladi. Ular ingliz, turk tillari, komputer, savod chiqarish, matematika, Qur'oni karim darslari kabi alohida kurslarda qatnashmoqda.

“Biz shogirdlarimizga vatansevarlik, axloq kabi muhim mavzularni o’rgata olsak, qolgan hammasi o’z-o’zidan hal bo’ladi. Bolalarga kuchli bo’lish, o’z oyog’iga turib olishni ham o’rgatishimiz zarur”,- deydi Yildirim.

Olim Yildirimning ta’kidlashicha, hukumat xususiy ta’lim markazlarini himoya qilmayapti. Shunga qaramay, nodavlat markazlar o’z mas’uliyatini uddalash qarorida qat’iy.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG