Breaking News

Tinchlik kelishuvi oldidan AQSh-Tolibon o'rtasida sulh kuchga kirdi


AQSh va Tolibon o'rtasida bir haftalik sulh
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:57 0:00

AQSh, Afg’oniston xavfsizlik kuchlari va Tolibon o’rtasida zo’ravonlikni kamaytirish bo’yicha bir haftalik sulh kuchga kirdi. Agar tomonlar unga to’liq amal qilsa, fevral oxiriga borib doimiy tinchlik bitimi imzolanishi kutilyapti.

Tolibon va AQSh boshchiligidagi xalqaro kuchlar o’rtasida janglar to’xtadi. Rasmiylarning aytishicha, bu Afg’onistonda 18 yillik urushni tugatish tomon qo’yilgan birinchi qadam.

Afg’on armiyasi sobiq mulozimi Sher Muhammad Karimiyning tushuntirishicha, barcha bo’linmalarga bir hafta davomida o’t ochmaslik va harbiy amaliyotlar o’tkazmaslik buyurilgan.

“Askarlar o’z joyida bo’lishi, nazorat punktlarida qolishi kerak. Ammo hujumga uchrasa, ular o’zini himoya qilishga haqli”, - deydi general Karimiy.

Qandahorda yoshlar va faollar sulh kuchga kirganini olqishlamoqda, 21-fevral, 2020
Qandahorda yoshlar va faollar sulh kuchga kirganini olqishlamoqda, 21-fevral, 2020

Tolibon harakati o’z tarmog’idagi jangarilarni sulhga amal qilishga ko’ndira oladimi? Asosiy savol shu.

“Zo’ravonlik kamaysa, Tolibon yaxshi boshqaruv va nazorat tizimiga ega ekanini ko’rsatgan bo’ladi”, - deydi tahlilchi Samir Lalvani.

Sulh muvaffaqiyatli kechsa, 29-fevral kuni AQSh va Tolibon tarixiy kelishuv imzolaydi. Tolibon va Afg’oniston hukumati o’rtasida siyosiy muzokaraga yo’l ochiladi.

Shuningdek, Qo’shma Shtatlar Afg’onistondagi askarlarini dastlabki bosqichda 8600 nafarga kamaytirishi, boshqa mamlakatlar ham harbiylari sonini 20-30 foizga qisqartirishi mo’ljallangan.

“Bu faqat boshlanishi, jarayon bu bilan to’xtamaydi”, - deydi Lalvani.

Mudofaa vaziri Mark Esperga ko’ra, AQSh kelishuvga Afg’onistondagi umumiy vaziyatni hisobga olgan holda yondashmoqda.

Tolibon sulhga to’liq amal qilgan taqdirda ham tahdid kamaymaydi, deydi rasmiylar. Chunki tinchlik bitimiga qarshi bo’lgan minglab jangarilar Tolibondan ajralib chiqishi ham mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG