Breaking News

Moskva ham Tolibon va afg'on hukumatini yarashtirishga urinib ko'rdi


Moskvadagi muloqot paytida
Moskvadagi muloqot paytida

Payshanba kuni Moskvada Tolibon harakati va Afg’oniston hukumati vakillari uchrashib, mamlakat siyosiy kelajagi xususida gaplashdi. Tomonlar 2018-yilda ham Rossiya poytaxtida to’plangan edi, biroq AQSh rasmiylari o’sha paytda jarayonda qatnashish taklifidan bosh tortgan edi. Bu gal Moskvada AQSh maxsus elchisi Zalmay Xalilzod ham ko’rindi.

Xalqaro hayot – 19-mart, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:00 0:00

Kuzatuvchilar AQSh va Rossiyaning afg’on masalasida hamkorlik qilayotganini olqishlamoqda. Ayniqsa kuni kecha Amerika Prezidenti Jo Bayden Vladimir Putinni “qotil” deb atashi ketidan.

“Umid qilamizki, bugungi muloqot ichki afg’on muzokaralarida yutuqlarga erishishga sharoit yaratadi. Harbiy va siyosiy vaziyat izdan chiqqan, masala yechimini ortiq cho’zish mumkin emas”, - dedi Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.

AQSh va Tolibon o’tgan yil fevralida bitim imzolab, xorijiy qo’shinlarni shu yil 1-mayigacha Afg’onistondan chiqarishga kelishib olgan edi. Bayden ma’muriyati kelishuv shartlarini bajarishga umid qilmoqda, ammo bu oson bo’lmasligini tan olmoqda.

Qo’shma Shtatlar Afg’onistonda muvaqqat hukumat tuzib, toliblarni uning tarkibiga kiritishni taklif etgan. Rossiya ham shunday fikrda. Ammo Afg’oniston Prezidenti Ashraf G’ani avval saylovlar bo’lsin, demoqda.

Ba’zi kuzatuvchilar Rossiya Sovet Ittifoqining 1980-yillarda afg’on urushidagi mag’lubiyatidan to’g’ri xulosa chiqarishga urinayotganini ta’kidlaydi.

"Putinning strategiyasi shunaqa. Rossiyada ishlar chatoq bo’lsa, tashqi siyosatni olg’a surish kerak. Shu kungacha biror mamlakat afg’onlarni yarashtira olmadi, ammo hozir hammasi Rossiyada to’planmoqda”, - deydi Primakov nomidagi Jahon iqtisodiyoti va xalqaro aloqalar institutidan Aleksey Malashenko.

Moskvadagi muloqotda Pokiston va Xitoy vakillari ham qatnashgan.

Rossiyalik tahlilchi Arkadiy Dubnovning aytishicha, Xalilzodning ishtiroki Moskvaning jarayondagi rolini kuchaytirib, Rossiya rahbariyati nazaridaafg’on masalasi Kreml aralashuvisiz hal bo’lmasligini ko’rsatishi kerak.

Shunga qaramay, deydi Xalqaro inqirozlar guruhi tahlilchisi Endryu Votkins, muzokaralardan biror kelishuv kutmaslik kerak.

Keyingi oy muloqot ishtirokchilari Turkiyada to’planadi. Bu gal anjumanni Birlashgan Millatlar Tashkiloti uyushtiradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG