Breaking News

Afg'oniston va AQSh kuchlari "Islomiy davlat"ga zarba bermoqda


Achin tumani, Nangarhor viloyati
Achin tumani, Nangarhor viloyati

Nangarhor viloyatining Naziyan va Achin tumanlarida Amerika va afg'on qurolli kuchlari "Islomiy davlat"ga zarba berishda davom etmoqda. Terror guruhi Afg'onistonning aynan shu qismlarida faol. Kuni-kecha 34 jangari yo'q qilingan.

Achin tumani, Nangarhor viloyati
Achin tumani, Nangarhor viloyati

Terrorchilar mahalliy aholini qo'rqitish, hokimiyatni ag'darishga urinish hamda ekstremizm targ'iboti bilan ovora edi, deydi rasmiylar.

"Islomiy davlat"ning bir necha radio markazi vayron qilingan. Lekin ular boshqa manzillardan efirga chiqayotgani ma'lum.

27-aprel kuni Achin tumanida Shayx Abdul Hasib, "Islomiy davlat"ning mahalliy rahbari o'ldirilgan edi.

Nangarhor viloyati
Nangarhor viloyati

AQSh harbiylari yordamida olib borilayotgan operatsiyalar eng samarali amaliyotlar, deydi afg'on qo'mondonlari. Jangarilarni yoppasiga o'ldirish bilan birga ulardan qolgan joylarni tekshirish, informatsiya to'plash va tahlil qilish jarayoni ham nihoyatda muhim. Aynan shu sohada g'arblik zobitlarning madadi katta ahamiyatga ega, deydi afg'onlar.

"Islomiy davlat" Afg'oniston va Pokistondagi bo'limiga "Xuroson islomiy davlati" deb nom bergan.

Hasib uni o'tgan bir yildan beri boshqarib kelar edi. Undan oldingi lider Hofiz Said Xon bo'lib, u o'tgan yili AQShning dron hujumida halok bo'lgan.

AQSh generali, Afg'onistondagi qo'mondon Jon Nikolson deydiki, to'qqiz oy ichida ikki yetakchidan hamda yuzlab jangarilardan ayrilish "Islomiy davlat" uchun qattiq zarba. Qolganlar hozir faqat qochish va jon saqlash bilan ovora.

Lekin "Islomiy davlat" yutqazayotganini tan olmayapti. 8-mart kuni guruh Kobulda harbiy kasalxonada 50 odamni o'ldirgan.

8-mart kuni "Islomiy davlat" Kobulda harbiy kasalxonaga hujum qilib, qariyb 50 kishini o'ldirgan
8-mart kuni "Islomiy davlat" Kobulda harbiy kasalxonaga hujum qilib, qariyb 50 kishini o'ldirgan

Terror to'dasi xotin-qizlarni o'g'irlab, ularni xotinlik yoki cho'rilikka sotgani sabab ham afg'onlar orasida nafrat qozongan.

Kallakesar va johil bu jangarilar uchun afg'on zaminida bir qarich ham joy yo'q, deydi mahalliy yetakchilar. Odamlarni qiynoqqa solish, ezish ular uchun oddiy hol, deydi guvohlar.

Guruhga qarshi kurashda jamoatchilik muhim rol o'ynaymoqda. Jangarilar haqida ma'lumot yig'ishda oddiy fuqarolarning yordami beqiyos, deydi general Nikolson.

Kutilmagan operatsiyalar aynan shu xabarlar asosida rejalanmoqda.

"Hammani ogohlikka chorlaymiz", - deydi Amerika qo'mondoni.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG