Breaking News

Afg'onistonda saylovchilar yana faol


Afg'onistonning Jalolobod shahrida saylov uchastkasi vakillari byulletenlarni hisoblamoqda, 14-iyun, 2014-yil
Afg'onistonning Jalolobod shahrida saylov uchastkasi vakillari byulletenlarni hisoblamoqda, 14-iyun, 2014-yil
Kecha Afg’onistonda prezident saylovlarining ikkinchi bosqichi o’tkazildi. Ovozlar hisoblanmoqda. Ikki nomzoddan biri Abdulla Abdulla yoki Ashraf G’ani prezident bo’lishi kutilmoqda. Yakuniy natijalar 2-iyulgacha aniqlanadi.

Tolibon do’q-po’pisalariga qaramay saylovlarning ikkinchi bosqichida ham ko’p odam ishtirok etgan. Saylov komissiyasi 5-apreldagi saylov kabi yetti million, ya’ni saylovchilarning 60 foizi qatnashganini ma’lum qildi.

Ichki ishlar vazirligi saylov kuni 150 xuruj qayd etilganini aytmoqda. Ularning birida saylovdan avtobusda qaytayotgan 11 odam nobud bo’lgan.

Hirotda esa toliblar ovoz bergan 11 odamning barmog’ini kesgan. Afg’onistonda bir odam qayta ovoz berishining oldini olish uchun ko’rsatkich barmog’iga siyoh yuritiladi.

Oq uy saylovlarni olqishlagan. Har ikki nomzod g’alaba qozonsa, Qo’shma Shtatlar bilan yaqin aloqa qilishini bildirgan. AQSh bo’lajak prezident xavfsizlik bitimini imzolashiga umid qilmoqda. Shunda 2014-yildan so’ng mamlakatda salkam 10 ming amerikalik askar qoladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG