Breaking News

Afg'oniston yoshlari AQSh qo'shinlarini chiqarish qaroriga munosabat bildirmoqda


Afg’oniston yoshlari AQShning qo’shinlarini 11-sentabrgacha mamlakatdan olib chiqish qaroriga xavotir bilan munosabat bildirmoqda. Ular Kobuldagi markaziy hukumat va Tolibon harakatini imkon qadar tez tinchlikka erishishga chaqirmoqda. Yoshlar tinchlik kelishuvi amal qilgunga qadar AQSh harbiylari mamlakatda qolsa yaxshi bo’lar edi, deydi.

Xalqaro hayot – 22-aprel, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:58 0:00

“Tinchlik mamlakat bo’ylab qaror topmaguncha, vatanimiz taqdiri hal bo’lmaguncha ular ketmay tursa yaxshi edi”, - deydi hirotlik Safiulla Raseh.

Ba’zi afg’onlar Amerika qo’shinlari mamlakatni tark etishi bilan Tolibon hokimiyatni qo’lga olishga harakat qilishidan xavotirda.

“Amerikaliklar Afg’onistondan chiqib ketsa, vaziyat yomonlashadi. Tolibon davriga qaytamiz deb qo’rqaman”, - deydi yana bir hirotlik Odila Omid.

Afg’on yoshlarining aytishicha, ko’p yillik ixtilofga barham berish uchun har ikki tomon murosa qilishga tayyor bo’lishi lozim.

“Barcha taraflar bu imkoniyatdan unumli foydalanishi kerak. Istanbul anjumani tinchlikni o’rnatish uchun yaxshi imkoniyatdir”, - deydi g’aznilik Muhammad Rahim Oriyo.

Tolibon AQSh qo’shinlari 1-maygacha ketmasa, muzokaradan chiqishini bildirmoqda. Tolibon muzokaralarni boykot qilsa, deydi ayrim afg’onlar, zo’ravonliklar kuchayishi mumkin.

“Tolibon Turkiyaga borsa, tinchlik uchun imkoniyat tug’iladi. Borishmasa, to’qnashuvlar davom etadi, xavfsizlik izdan chiqadi”, - deydi balxlik Laylo Arshya.

Afg’oniston hukumati va Tolibon vakillari 24-aprel kuni Istanbuldagi tinchlik anjumanida qatnashishi kutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG