Breaking News

AQSh evakuatsiya ishlariga ittifoqchilarni jalb qilmoqda


Daniyalik askar Kobul xalqaro aeroportida

Bayden ma’muriyati Afg’onistonni tark etmoqchi bo’lgan barcha amerikaliklar xavfsiz evakuatsiya qilinishini bildirmoqda. Qo’shma Shtatlar tijoriy aviakompaniyalarga bu ishda yordam berishni buyurdi.

Xalqaro hayot – 23-avgust, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:38 0:00

Amerikaliklar bilan birga urushda AQSh harbiylariga yordam bergan, Amerika moliyalagan loyihalarda va tashkilotlarda ishlagan afg’onlar ham mamlakatdan chiqishga harakat qilyapti.

“Vatanga qaytmoqchi bo’lgan har bir amerikalikda shunday imkoniyat bo’ladi. NATOga a’zo ittifoqchi davlatlar fuqarolarini ham evakuatsiya qilyapmiz”, - dedi Prezident Jo Bayden.

Germaniya askarlari odamlarni poytaxt atrofidagi hududlardan vertolyotlarda Kobul xalqaro aeroportiga yetkazmoqda.

AQShning respublikachi senatori Joni Ernstning aytishicha, Bayden Amerika hamkorlarini evakuatsiya ishlariga jalb qilishda sustkashlik qildi.

“Mana shunga kelganda Prezident Bayden qovun tushirdi. Bu ishni ittifoqchilar bilan eng boshidan hamkorlikda qilganimizda ancha oson bo’lardi bizga”, - deydi qonunchi.

Davlat kotibi Entoni Blinkenning aytishicha, Afg’onistondagi so’nggi voqealar ittifoqchilarga ruhan qiyin keldi.

Xabarlarga ko’ra, Germaniyaga uchayotgan samolyotda homilador afg’on ayol qiz tug’di.

AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostinning aytishicha, Bayden qo’lidagi razvedka ma’lumotlariga asoslanib, qo’ldan kelgancha harakat qildi.

“Prezident biz unga berayotgan ma’lumotlarga e’tibor berdi. Qattiq va o’ylangan jarayonga qo’l urdi va men uning qarorini qo’llab-quvvatlayman”, - dedi vazir.

Blinkenga ko'ra, so’nggi 24 soatda taxminan 8000 odam evakuatsiya qilindi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG