Breaking News

G'azni viloyatida toliblar o'ndan ziyod odamning boshini oldi


G'aznida oy boshida toliblar hujumidan keyingi manzara. 4-sentabr, 2014-yil. Tahlilchilar nazarida Qo'shma Shtatlarning harbiy amaliyotlar va havo hujumlarida ishtirokini qisqartirgani qattiq sezilmoqda.
G'aznida oy boshida toliblar hujumidan keyingi manzara. 4-sentabr, 2014-yil. Tahlilchilar nazarida Qo'shma Shtatlarning harbiy amaliyotlar va havo hujumlarida ishtirokini qisqartirgani qattiq sezilmoqda.

Afg'oniston poytaxti yaqinida, G'azni viloyatida toliblar oxirgi bir haftada o'nlab odamlani o'ldirgan.

Rasmiylarning aytishicha, Kobuldan 200 kilometr narida joylashgan Ajriston tumanida jangarilar kamida 15 kishining boshini olgan. Bir necha qishloq hozir Tolibon qo'lida. Uylar vayron qilingan, mol-hol o'ldirib, hosil payhon qilingan.

Hujumda taxminan 700 tolib qatnashgani aytilmoqda.

Guvohlarning so'zlariga ko'ra, bu jangarilar o'zini "Islomiy davlat" jangchilari deya atayapti.

G'azni viloyati rasmiylariga ko'ra, politsiya va askarlar toliblar bilan olishmoqda. Biroq Kobuldan tezkor havo kuchlari yetib kelmasa, vaziyat yanada izdan chiqishi aniq, deydi mutasaddilar.

Ajristondagi qonli voqealar mamlakatda yangi prezident saylangan, xalqaro qo'shinlar Afg'onistonni tark etayotgan bir paytga to'g'ri kelmoqda.

Tahlilchilar nazarida Qo'shma Shtatlarning harbiy amaliyotlar va havo hujumlarida ishtirokini qisqartirgani qattiq sezilmoqda. Tolibon fursatdan foydalanib hujumga o'tgan.

Tolibon bilan murosa? Pakistan -Taliban
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:46 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG