Tohir Yo'ldoshning o'g'li Afg'onistonda DAIShga rahbar


Afg'oniston xavfsizlik kuchlari

Afg’oniston shimolidagi Sari Pul viloyati rasmiylarining bildirishicha, O’zbekiston Islomiy Harakati asoschisi rahbari Tohir Yo’ldoshning o’g’li hududda “Islomiy davlat”ga jangari to’plamoqda.

Sari Pul hokimi so’zlovchisi Zabihullo Omoniyning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, O’zbekiston Islomiy Harakati ayrim hududlarda faol va DAISh nomi bilan ham ma'lum bu guruhga madad ko'rsatmoqda.

Tohir Yo’ldosh o’g’lining ismi nima? Bu fosh qilinmagan.

Rasmiylarga ko’ra, isyonchi guruhlarning aksariyati Sari Pulning Juzjon bilan chegaradosh, Yakkatut qishlog’ida joylashib olgan.

Toliblarning sobiq a’zolari bayrog’i rangini o’zgartirib o’zlarini DAIShga sodiq odamlar deb tanishtiradi, deydi xavfsizlik xodimlari.

Zabihullo Omoniy deydiki, Sari Pulda jangarilar soni taxminan 4000. Sayyod va Ko’histonot tumanlari beqaror hududlar.

XS
SM
MD
LG