Breaking News

Abdulrashid Do'stum: Tinchlik o'z-o'zidan kelmaydi


Afg'oniston Prezidenti Ashraf G'ani Ahmadzoy Vitse-prezident Abdul Rashid Do'stum bilan G'anining qasamyod marosimida. Kobul, 29-sentabr, 2014.
Afg'oniston Prezidenti Ashraf G'ani Ahmadzoy Vitse-prezident Abdul Rashid Do'stum bilan G'anining qasamyod marosimida. Kobul, 29-sentabr, 2014.

O'zini “Islomiy davlat” deb tanishtirayotgan jangari guruh Afg’oniston shimolida ham faol ekani haqida xabarlar bor. Jamoatchilik vahimada. Rasmiy Kobul esa bir muddatdan buyon g'anim Tolibon bilan tinchlik muzokaralari boshlash arafasida.

Abdulrashid Do'stum: Tinchlik o'z-o'zidan kelmaydi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:20 0:00

Mozori Sharifda Navro'z bayrami tantanasida so’zlagan generali Abdulrashid Do'stum Tolibon bilan tinchlik muzokaralari ustida to'xtalib o'tdi.

Muloqotning har bir yutug'i, har bir o'zgarishdan xalq xabardor qilinadi, deydi u.

"Sulh, tinchlik, o'zidan o'zi kelmaydi, holva, degan bilan og'iz shirin bo'lmaydi. Tinchlik ta’minlanishi, Mozori Sharifning bunday tinch bo'lishi uchun qanchadan-qancha yigitlarni qo'ldan berganmiz. Tangri joylarini jannatda qilsin", - deydi Do'stum.

Afg’oniston vitse-prezidenti ayni paytda o'lkada “Islomiy davlat” to'dasining faollashgani yuzasidan xavotirda. Shimoliy Faryob, Juzjon, Saripul va Badaxshon viloyatlariga kelib, oila-oila bo’lib yig'ilishmoqda, deydi u.

"Bu Afg'oniston xalqi uchun juda katta xavf. Oyog'ingga ham ishi yo'q, qo'lingga ham ishi yo'q, boshni kesmoqdan boshqa hech narsani bilmaydilar",- deydi Do'stum “Islomiy davlat” naqadar shafqatsiz ekaniga ishora qilib.

Afg'onlar orasida muzokaralar natija berishiga ishonadiganlar ko'p. Oldingi muloqotning hammasi natijasiz yakunlangan. Bunga nufuzli odamlar aralashsa, Pokiston, AQSh, Yevropa Ittifoqi va ayniqsa Saudiya Arabistoni hamkorlik qilsa natija berishi mumkin degan qarash mavjud.

"Hanuzgacha bu ochiq-oydin ma'lum emas. Rasmiylar va matbuot orqali bu haqda ma'lumot berilishi kerak", - deydi o'zini Muhammad Aslam deb tanishtirgan o'zbeklardan biri.

Hukumat terrorizmga qarshi jiddiy chora ko'rishi kerak, inson huquqlari ta’minlansin, deya talab qilmoqda jamoatchilik.

"DAISh guruhi juda xavfli. Tolibondan ko'ra ham xavfli. Shuning uchun xalq ulardan qo'rqadi va xavotirda", - deydi mahalliy o'zbeklardan Shujouddin.
"DAISh” “Islomiy davlat” to'dasining muqobil nomi.

XS
SM
MD
LG