Breaking News

Afg’oniston janubidagi xuruj uch kishini hayotdan olib ketgan


Yil boshidan beri taxminan 700 xorijlik zobit o’lgan. Oldin nisbatan tinch sanalgan viloyatlarda hozir toliblar faol.
Yil boshidan beri taxminan 700 xorijlik zobit o’lgan. Oldin nisbatan tinch sanalgan viloyatlarda hozir toliblar faol.

NATO so’nggi paytlarda Tolibonga qarshi kurashda salmoqli yutuqlarga erishdik, demoqda.

Biroq AQSh matbuoti chop etgan maxfiy hujjatlar buning aksini ko’rsatmoqda.

Bugungi xuruj toliblar qarorgohi sanalmish Qandahor viloyatida bank binosi yonida ro’y bergan. 26 odam jarohatlangan.

Xalqaro koalitsiya matbuot kotibi, general Jozef Blots bugun Kobulda matbuot anjumanida so’zlar ekan, oxirgi uch oyda o’tkazilgan reydlar va qo’lga kiritilgan yutuqlarni tilga oldi.

Biroq, deydi u, erishilgan marrada to’xtab qolmay, toliblarni siquvga olishda davom etish kerak.

General Blotsning aytishicha, 90 kun ichida xalqaro koalitsiya Afg’onistonda qariyb 1800 operatsiyani amalga oshirdi.

“880 nafar yirik jangari yo’q qilingan, 2300 nafari asirga olingan. Tolibon mahkam o’rnashib olgan viloyatga kirib borar ekanmiz, oldinda hali hal qiluvchi, qonli janglar kutayotgani aniq”,- deydi general.

NATO rasmiysi xalqaro koalitsiya safidagi talofatlar haqida ma’lumot bermagan. Biroq joriy yil so’nggi to’qqiz yilda eng qonli davr deya ta’riflanmoqda.

Yil boshidan beri taxminan 700 xorijlik zobit o’lgan. Oldin nisbatan tinch sanalgan viloyatlarda hozir toliblar faol.

Oy boshida afg’on strategiyasini ko’zdan kechirgan prezident Barak Obama “to’g’ri yo’ldan borayapmiz”, degan edi. Biroq AQSh rahbari qo’lga kiritilgan yutuqlar mo’rt ekanini tan olmoqda.

Strategiya doirasida Obama Afg’onistonga qo’shimcha 30 ming askar jo’natgan edi. Ular 2014-yilda vatanga qaytishi kerak.

Biroq yutuqlar haqidagi bayonotlar BMTning maxfiy hujjatlariga ziddir. AQShning Wall Street Journal gazetasi tashkilotga qarashli ikki xaritani chop etgan. Unga ko’ra, Afg’onistonda yil boshidan beri ahvol o’ta og’irlashgan.

BMT xaritalarida tashkilot xodimlari sayohat qilishi, xizmat ko’rsatishi mumkin bo’lgan viloyatlar tasvirlanadi.

Mart va oktabr oylari oralig’ida notinch janub hamon xatarli ekani aytilib, shimol va sharqda 16 tuman xavfli hududlar ro’yxatiga kirgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG