BMT Xavfsizlik Kengashi qo'mitasi Afg'onistonda tergov o'tkazib, Tolibon jinoiy ishlarga tobora ko'p qo'l urayotganini aniqladi.
Izlanish natijasidan ma'lum bo'lishicha, toliblar narkotrafik, mineral boyliklarni noqonuniy ravishda qazib olish, garov puli uchun odam og'irlash bilan shug'ullanayotgan, mafiya bilan til biriktirgan guruhlar bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.
Jangarilar pul ishlash maqsadida jinoiy guruh kabi faoliyat yuritgani aytiladi.
"Bu Afg'oniston tinchligi va barqarorligiga tahdiddir. Tolibon a'zolari bundan keyin ham iqtisodiy foyda ko'rish maqsadida yangi hukumat bilan murosadan voz kechishi mumkin", - deyiladi hisobotda.