Breaking News

BMT afg'on bolalari uchun 2 milliard dollarlik yordam puli yig'moqchi


This picture taken on October 15, 2021 shows children filling jerrycans with water from a water storage in Bala Murghab district of Badghis province.

UNICEF, BMT Bolalar fondi tarixda eng yirik kampaniya boshlab, dunyo ahlini Afg'oniston bolalari uchun mablag' berishga chaqirmoqda. Mamlakatddagi 24 milliondan oshiq aholining yarmi bolalar, deyiladi targ'ibotda.

Maqsad - kamida 2 milliard dollar yig'ish. Bu pul salomatlik, oziq-ovqat, ta'lim, suv, sanitariya va ijtimoiy xizmatlar uchun sarflanadi. Qahraton qishda minglab xonadonlarda yonilg'i yo'q.

"Bu mablag'siz, UNICEF Afg'onistonga yordam berolmaydi", - deydi tashkilot vakili Alis Akunga.

"Oilalar och, sog'liqni saqlash tizimi izdan chiqqan. Millionlab bolalar halok bo'lishi mumkin".

UNICEF yosh avlod maktabga bormayotgani, sihati zaiflashgani, kattalar ham tahdid ostida qolib, butun jamiyat jar yoqasiga yaqinlashgani haqida ogohlantirmoqda.

2022-yilda, yordam ko'rsatilmasa, har ikkinchi bola ocharchilikdan azob chekishi aniq, deydi tashkilot mutaxassislari.

Afg'oniston kasalxonalarida: xizmat ko'rsatish tizimi izdan chiqqan, dori-darmon taqchil
Afg'oniston kasalxonalarida: xizmat ko'rsatish tizimi izdan chiqqan, dori-darmon taqchil

Ayni damdagi vaziyatga qarab, UNICEF tahlili shuki, muallimlarga maosh to'lanmas ekan, ular ishga chiqmay qo'yadi, buning oqibatida esa 10 millionga yaqin bola o'qishdan qoladi.

Uzoq yillik mojarolar, korrupsiya, qurg'oqchilik va hozirda Afg'onistonga insonparvarlik yordami ozaygani hayotni yanada qiyinlashtirgan.

Afg'onlar vatanni tark eta boshlagan. Har kuni besh ming odam qo'shni Eronga o'tadi, aksariyat hollarda noqonuniy ravishda.

Qochqinlar bilan ishlaydigan Norvegiya tashkilotiga ko'ra, uch oyda 300 mingdan oshiq afg'on Eronga kirgan.

Xalqaro bo'xronlar bo'yicha tashkilot ham Afg'onistonga ko'mak suv va havodek zarur ekanini eslatmoqda.

Afg'oniston hukumati xodimlariga oylik yo'q. Moliyaviy manbalar kesilgan. Iqtisodiy imkoniyatlar bag'oyat kamaydan.

"G'arb davlatlari vijdonan ish tutib, AQSh chiqib ketganidan keyingi murakkab davrda Afg'onistonga madad ko'rsatmasa, xalqaro hamjamiyat insoniyat inqiroziga ko'z yumgan bo'ladi", - deyiladi Xalqaro bo'hronlar bo'yicha tashkilot bayonotida.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG