Breaking News

Afg'onistonda bombalar bilan tinchlikka erishish mumkinmi?


So’nggi izlanish natijalariga ko’ra, Afg’onistonda salkam 17 yildan beri harakatlanayotgan AQSh yetakchiligidagi xalqaro koalitsiya havo hujumlarining ko’lami rekord darajada kuchaygan.

Afg'onistonda bombalar bilan tinchlikka erishish mumkinmi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:13 0:00

Koalitsiya 2018-yilni Afg’onistonda shiddatli boshladi. Birinchi chorakda uning samolyotlari so’nggi 15 yilning birinchi uch oyiga qaraganda ko’p bomba tashladi.

O’tgan yil avgust oyida Prezident Donald Tramp Afg’onistonga doir yangi harbiy strategiyasini e’lon qildi. Biroq yolg’iz bombalar mojaroni tugatishga yordam bermayapti, deydi “Tolibon hikoyalari” kitobi muallifi Tomas Jonson.

“Qo’shimcha hujumlar AQShning ilojsizligidan dalolat. Toliblarning hammasini ham havo hujumlarida o’ldirib bo’lmaydi”, - deydi Jonson.

Havo iliqlashgani sari jangarilar faollashmoqda. Yakshanba kuni “Islomiy davlat” jangari to’dasi poytaxt Kobulda saylovga ro’yxatga olish markaziga hujum qilib, salkam 60 odamni o’ldirgan.

Afg’oniston Prezidenti Ashraf G’ani Tolibonni siyosatga qo’shilib, kelayotgan saylovlarda qatnashishga chaqirdi. Mutaxassislar G’anining bunday qarorini olqishlamoqda, chunki, deydi ular, bu urushga harbiy yechim yo’q.

“Havo hujumlarini ko’paytirsak ham urushni kuch bilan yengib bo’lmaydi. Siyosiy yondashuvsiz ish bitmaydi”, - deydi Tomas Jonson.

Biroq AQSh rasmiylariga ko’ra, havo hujumlari kattaroq strategiyaning bir qismi bo’lib, dushmanni muzokaraga majburlashga qaratilgan.

“Bunga qancha vaqt ketsa ham muhimi sharoit shuni taqozo qilsin. Ishni bitirmaguncha Afg’onistondan ketmaymiz”, - deydi AQShning Afg’onistondagi qo’shinlari qo’mondoni general Jon Nikolson.

Biroq harbiylarning tan olishicha, vaziyat joyida turib qolgan. Ayni damda Afg’oniston hukumati mamlakatning yarmidan ko’prog’ini nazorat qiladi, qolgani jangarilar qo’lida.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG