Breaking News

AQSh Harbiy-havo kuchlaridagi muhojir ayol


Muhojirlar Amerika qurolli kuchlarida hamisha o’z o’rniga ega bo’lgan. AQSh Harbiy-havo kuchlari kapitani Linda Erri nafaqat mamlakat xavfsizligi yo’lida xizmat qilmoqda, balki ayollarga ishi va shaxsiy hayotida uyg’unlikka erishishda yordam bermoqda.

Kapitan lavozimidagi ayol muhojir
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:35 0:00

Linda Erri hayot saboqlaridan maslahat berish bilan shug’ullanadi. Afrika go’zali tanlovini uyushtirishda yordam bergan, yirik korporatsiyalarda treninglar o’tkazgan.

Linda AQSh qurolli kuchlari safida xizmat qilayotgan ko’plab afrikalik muhojirlardan biri. Amerikaga oilasi bilan Kamerundan kelgan. Ota-onasi yangi vatanda oliy ma’lumot olgan qizi harbiy xizmatga borishini xayoliga ham keltirmagan edi.

“Otam tibbiyot sohasida o’qishimni istardi. Harbiy xizmatga borganim unga yoqmagan. Ammo fikri tez o’zgardi. Qanday ayol, qanday harbiy bo’lganimni ko’rib faxrlanadi”,- deydi u.

Linda Delaver shtatidagi Harbiy-havo kuchlari bazasining tibbiy guruhida axborot bo’limining rahbari va xavfsizlik menejeri lavozimida ishlaydi.

“Sog’lig’idan shikoyat qilib, o’z vazifasini bajarishga qodir bo’lmagan uchuvchilarimiz tibbiy ko’rikdan o’tib, o’z safiga qaytishi juda muhim. Mamlakat xavfsizligi Lindaning ishiga uzviy bog’liq”, - deydi podpolkovnik Kristofer Gonsales.

Linda AQSh qurolli kuchlarida xizmat qilayotganidan mamnun, aslo achinmayman, deydi.

“Katta o’zgarishlar qila oladigan ishim bo’lishini xohlaganman. Hozirgi lavozimim – xoh axborot xavfsizligi bo’lsin, xoh tibbiy xizmat – aynan shunday imkoniyat beradi menga”, - deydi u.

Linda Erri harbiy-havo kuchlarida hayot saboqlari notig’i sifatida olgan tajribasidan foydalanib, “Ishli ona xotiralari” kitobini yozdi. Uning aytishicha, kitob ham oilani mehr bilan to’ldirishga, ham kasbiy muvaffaqiyatlarga erishishga intilgan onalarga bag’ishlanadi.

“Bu kitob hayotimda muvozanatni topishga yordam berishiga umid qilaman. Hayotda ko’plab vazifalarni uddalashga harakat qilayotgan ayollar uchun bu juda muhim”, - deydi kitob taqdimotida qatnashgan bir ayol.

“Lindadan ilhomlandim. Hayotiy qissamni qog’ozga tushirishga undadi”, - deydi yana bir ayol.

Lindaning akasi Takor Erri-Mbi uning ishidan faxrlanadi.

“Ona bo’la turib, kasbingiz bilan shug’ullanish ba’zan qiyin. Uy bilan ish o’rtasidagi muvozanatni ta’minlash muhim. Harbiy vazifani ham, onalik vazifasini ham birday a’lo darajada bajarish qiyin. Nimadandir voz kechish kerak bo’ladi”, - deydi u.

Lindaning turmush o’rtog’i Tse Nkventining aytishicha, rafiqasining shashti qizlariga imkoniyatlar chegarasiz ekanini ko’rsatmoqda.

“Kun kelib rafiqamni general formasida ko’rishni istayman. Bu haqda unga har kuni aytaman. Lindada o’z ustida ishlash, bunga erishish uchun hamma narsa bor. Onasining muvaffaqiyatlari qizlarimizga o’rnak bo’ladi deb o’ylayman. Ham vatan himoyasida turishi, ham boshqa ishlarini uddalashi ularni ilhomlantiradi”, - deydi u.

Linda Erri muvozanatni professional muvaffaqiyat garovi deb biladi. Uni qo’llab-quvvatlaydigan oilasi, ayollarni ruhlantirishga qaratilgan shashtiga sherik hamkasblari, muhojirlar hissasini qadrlaydigan qurolli kuchlar ana shu muvozanat negizini tashkil etadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG