Breaking News

Tadqiqot: Xitoyning ifloslangan havosi AQShgacha yetib kelmoqda


Xitoyning ifloslangan havosi AQShgacha yetib kelmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:00 0:00
Xitoydagi havoning ifloslanishida dunyoni poyafzal, o’yinchoq, elektronika va boshqa mahsulotlar bilan ta’minlayotgan zavodlarning hissasi katta. Yaqinda o’tkazilgan tadqiqot natijalari shundan dalolat bermoqda. Unda hatto ifloslanishning bir qismi mahsulotlar bilan birga eksport qilinayotgani ham aytiladi.
Xitoyning katta shaharlarida havo ifloslanishi xavfli darajaga yetgan. Bunga, asosan, avtomobil, yuk mashinalari va fabrikalardan chiqayotgan tutunlar sababchi. Ammo muammoning yana bir sababi bor, deydi Kaliforniya universiteti tadqiqotchisi Stiv Deyvis.

“Xitoyda olingan suratlarda odamlarning niqob taqib yurganini ko’rgan bo’lsangiz kerak. Shu hollarning taxminan chorak qismiga dunyoning boshqa mamlakatlari uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sababchi”, - deydi u.

Dunyoning ko’plab kompaniyalari mahsulotlarini Xitoyda ishlab chiqaradi. “Milliy fanlar akademiyasi jarayonlari” nomli jurnalda Deyvis hammuallifligida chop etilgan maqolada Xitoy havosidagi zararli moddalarning to’rtdan bir qismini tashkil etuvchi azot oksidlari va uchdan biriga teng bo’lgan hamda astmaga olib boruvchi oltingugurt dioksidi xalqaro iste’mol uchun ishlab chiqariladigan tovarlardan kelayotgani aniqlangan.

Ana shunday mahsulotlarning 21 foizi AQShga jo’natiladi.

Ifloslanishga sabab bo’luvchi moddalarning bir qismi Tinch okeani bo'ylab AQShgacha yetib bormoqda, deydi Deyvis.

“AQSh g’arbiy sohilidagi havo ifloslanishining chorak qismi Xitoy bilangina emas, balki u yerdan eksport qilinayotgan mahsulotlar bilan bog’liq”, - deydi olim.

Tadqiqotga ko’ra, savdo hamkorlari o’zaro ayriboshlayotgan narsalar faqat xizmat va tovarlardan iborat emas, deydi Texas A&M universiteti tadqiqotchisi Renyi Jan.

“Bu maqolaning da’vo qilishicha, Xitoy AQShning havosini ifloslantirishga ham hissa qo’shmoqda. Bunda AQShning ham o’rni bor, chunki biz xitoyliklar bilan savdo qilyapmiz”, - deydi u.

Tahlilchi Deyvisga ko’ra, AQShdagi va Xitoydan mahsulot sotib oluvchi boshqa mamlakatlardagi havo ifloslanishi uchun qisman Xitoy javobgardir.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG