Breaking News

Alyaskadagi observatoriya iqlim o'zgarishini kuzatadi


Alyaska shtatining Barrou shahrida o’rnatilgan observatoriya AQShning eng shimoliy nuqtasidagi astronomik markaz bo’lib, iqlim o’zgarishini o’rganishda muhim vosita rolini bajarib kelmoqda.

1973-yilda barpo etilgan Barrou rasadxonasida ishlovchi ikki mutaxassis yil davomida havo sifati va iqlimdagi o’zgarishlarni kuzatib, qayd etib boradi. Barrou shahri mahalliy eskimoslar tilida Utkiavik deb ataladi va yaqindan beri rasman ham shunday deb yuritiladi.

Brayan Tomas Barrou observatoriyasining mudiri bo’lib, 2007-yildan beri hamkasblari bilan birga qor va muz oralab atmosferada issiqxona gazlari miqdorini o’lchab, iqlimdagi daqiqabay o’zgarishlarni qayd etadi.

Shaharning yakka holda ajralib turishi va Arktik atmosferaga yaqinligi, bu yerdagi shamollarning katta shaharlarni chetlab o’tishi havodan sifatli namuna olishga imkon beradi.

“Ozonni parchalovchi gazlarni kuzatamiz bu yerda. 1990-yillarda imzolangan Monreal protokoli bu gazlardan foydalanishni man qiladi. Hujjatni imzolagan davlatlar bu moddalarni qo’llamaslikka rozi bo’lgan”.

Brayan Tomas yaqindan beri tuproqdagi metan miqdorini ham kuzatmoqda. Harorat ko’tarilishi oqibatida Alyaskaning abadiy muzloq yerlari erib, yer ostidan metan gazi ajralmoqda.

“Metan issiqxona gazlari turiga kiradi, demak, Yerning isiyotganiga sabab bo’lishi mumkin degan xavotir bor”.

Oq uy iqlim o’zgarishiga qanday munosabat bildirishidah qat’i nazar, bu Tomasning ishiga halaqit bermaydi, biroq uning mehnati natijalari boshqacha talqin qilinishi mumkin.

“40 yildan beri kuzatuv va o’lchovlar bilan shug’ullanamiz. Natijalar shuni ko’rsatmoqdaki, atmosferada karbonat angidrid miqdori ko’paymoqda. Buning oqibatlarini yaxshi tushunamiz. Biroq kuzatuv natijalaridan qanday foydalanish, muammoga qanday yechim topish, kimga bu ishni topshirish – bular bilan siyosatchilar shug’ullanadi, men ularga gapimni o’tkaza olmayman”.

Tomas Kaliforniya poytaxti Sakramentodan, rasadxonada 2007-yildan beri ishlaydi. To’rt yil oldin o’g’il ko’rib, unga Ellis deb nom qo’ygan. O’g’li bolalar bog’chasida Alyaskadagi mahalliy xalqning inupiak tilini o’rganmoqda.

“Tilni o’rganishga o’zi qiziqqani meni hayratga soldi. To’ng’ich qizlarim ham mahalliy madaniyatga qiziqadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG