Breaking News

Izlanish: Alkogol organizm uchun genetik darajada zararli


Alkogol sog'liqqa zarar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:39 0:00

Spirtli ichimliklar karsinogen moddalar toifasiga kiradi. Bu degani, ular saraton kasalligiga yetaklashi mumkin. Yangi izlanishlarga ko’ra esa alkogol organizm uchun genetik darajada ham zararli ekan. Olimlar spirtli ichimliklarni kamroq iste’mol qilish yoki ulardan voz kechishni tavsiya etmoqda.

Ba’zilar Yangi yilda qadah ko’taradi. Ba’zilar esa kechki ovqatni bir bokal vinosiz tasavvur qila olmaydi. Yangi tadqiqotga ko’ra, spirtli ichimliklar rakning yetti turiga chalinish ehtimolini kuchaytiradi.

“Alkogol aynan qanday qilib organizmga ziyon yetkazishi jumboq bo’lib turibdi. Xulosamiz shuki, spirt hazm bo’layotganda, energiyaga aylanish jarayonida toksinlar paydo bo’lib, genlar majmuasiga hujum qiladi. Buzilgan DNK qayta tiklanmaydi”, - deydi Ketan Patel, izlanish muallifi.

Toksinning nomi - asetaldegid. Bu kimyoviy modda hujayralarga qanday ta’sir ko’rsatishi laboratoriyada sichqonlarda sinab ko’rilgan.

“Organizmda hujayraning muhim bir turi bor - u ham bo’lsa ildiz hujayra. Asetaldegid moddasidan tanamizda yangilanib turuvchi ana shu ildiz hujayra ziyon ko’radi”, - deydi olim.

Sog’lom hujayralar o’zini tiklay olmasligi rak kasalligi paydo bo’lishiga olib keladi.

“Izlanish davomida qon hujayralaridagi xromosomalar, ya’ni DNK, fundamental jihatdan o’zgarganini ko’rdik. Hujayralar yangilanib turishi yoki saratonga yetaklashini ana shu o’zgarish belgilab beradi”, - deydi Ketan Patel.

Organizmda asetaldegid moddasi katta miqdorda yig’ilib qolmasligi zarur. Aksariyat odamlar organizmida buni ta’minlovchi fermentlar bor.

“Sichqonlarda bu fermentlarni olib tashlaganimizda shuni kuzatdikki, oz miqdorda ichish ham qon hosil qiluvchi hujayralarga jiddiy zarar yetkazar ekan”.

Organizmda genlar majmuasini ta’mirlovchi tabiiy mexanizmlar bor, deydi olim, lekin ichkilikbozlik bu himoya tizimlarini ishdan chiqaradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG