Breaking News

Jazoir samolyoti halokatida omon qolganlar yo’q


Samolyot qulagan yer. Mali, 25-iyul, 2014-yil.
Samolyot qulagan yer. Mali, 25-iyul, 2014-yil.

Jazoir Havo yo’llariga qarashli samolyot Malida qulashi oqibatida undagi 116 kishidan birortasi omon qolmagan.

Payshanba kuni Burkina Fasodan Jazoirga uchayotgan layner bortida 51 nafar fransuz, Burkina Fasodan 24 kishi, livanlik sakkiz fuqaro, olti jazoirlik va yana 11 mamlakat fuqarolari bo’lgan.

Fransiya prezidenti Fransua Olland samolyot qulagan joyga harbiylarini safarbar etgan.

Ollandning aytishicha, samolyotning qora qutisi qidirib topilgan va halokat sabablari tergov qilinayapti. Taxminlarga ko’ra, ob-havo yomonlashgani halokatga sabab bo’lgan bo’lishi mumkin.

Malida jangarilar ham faoliyat yuritayotgani va ular laynerni urib tushirgani yana bir ehtimol sifatida olg’a surilmoqda.

MD-83 rusumli samolyot Mali uzra halokatga uchradi.
MD-83 rusumli samolyot Mali uzra halokatga uchradi.

Samolyot qoldiqlari
Samolyot qoldiqlari

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG