Amerikada mehnatning tagi rohatmi?

  • Amerika Ovozi

Luiziana shtatidagi neftni qayta ishlash inshootida

Sentabr oyining birinchi dushanbasi Amerikada Mehnat kunidir. Bu kun mehnatkashlar va ularning ishi qadrlanadi, shuningdek, kasaba uyushmalarining roliga e’tibor qaratiladi. Ish va ishchiga nisbatan munosabat dunyoning bu qismida ham murakkab tarixga ega.

Ikki asr oldin iqtisodiyot qulchilikka asoslangan edi. 20-asrd Amerika dunyodagi eng yirik iqtisodiyotga ega, qudratli, erkin, sanoatlashgan va farovon mamlakatga aylandi. Bu jarayonda ishchilar behisob hissa qo'shgan. Amerikaliklar o'zini mehnatkash va zahmatkash xalq deb biladi. Mehnatning tagi rohat degan naqlga bu jamiyatda ishonch kuchli. Mehnat manfaatlari va huquqlari uchun kurash tinmaydi, deydi faollar, harakat to'xtasa, baraka ham pasayadi.

Vashingtonda Amerikada mehnatkashlar tarixi haqida yangi ko’rgazma ochildi.

“Teri savdogarlari, dehqonlar, chorvadorlar, hunarmandlar va tadbirkorlar. Ular bir-biri bilan yaqindan ishlagan”,- deydi ko'rgazma yurituvchisi Nensi Deyvis.

Markaziy shtatlardan, tekisliklardan olingan terilar janubiy shtatlarda barter qilinar edi. Bepoyon mamlakatda sanoat rivojlanishi uchun uzoq vaqt ketgan.

“Sharqiy shtatlarda esa hunarmandchilik keng taraqqiy eta boshlagan. Uy-ro’zg’or mollaridan tortib, o’sha paytdagi transport vositalari va boshqa xaridorgir tovarlargacha. Kichik tadbirkorlikdan boshlangan hammasi”, - deydi Deyvis.

Keyinchalik bu mahsulotlar fabrika va zavodlarda ishlab chiqila boshladi. Sanoat asri boshlandi.

Ko’rgazmada bu davr ham aks etgan. Korporatsiyalar paydo bo’lgan yillar, qariyb yarim asrlik tarix ochib beriladi.

“19-asrning oxirgi choragi va 20-asrning birinchi choragi. Qishloqlardan shaharlarga ko’chish, zavod va fabrikalaridan ish qidirish payti”, - deydi tarixning bu qismini o'rgangan ekspert Piter Laybold.

Pensilvaniya shtatidagi bosh kiyimlari fabrikasida
Pensilvaniya shtatidagi bosh kiyimlari fabrikasida

Qo’shma Shtatlarda yagona an’ana shuki, bizda an’ana yo’q. Mamlakatimiz tarixi davomida odamlar kuchli fikr-qarashlarga ega bo’lgan va hech kim g’olib chiqmagan.

Dehqonlar va hunarmandlarga bu davr qattiq ta’sir qilgan, deydi u. Ularning hayoti tubdan o’zgara boshlagan.

Amerika sanoatlashar ekan, biznes egalarining qudrati oshib, ijtimoiy tafovut kengaygan. Sarmoyadorlar daromadning asosiy qismiga da’vogar ekan, mehnatkashlar ham o’z haqqini talab qilgan.

“Qo’shma Shtatlarda yagona an’ana shuki, bizda an’ana yo’q. Mamlakatimiz tarixi davomida odamlar kuchli fikr-qarashlarga ega bo’lgan va hech kim g’olib chiqmagan”, - deydi Laybold.

“Carnegie Steel”, “Standard Oil” va “Ford Motor” singari korporatsiyalar o’nlab ming amerikalikni ish bilan ta’minlagan.

“Zavodlar kengayib, texnologiya taraqqiy etgan. Har bir ishchining roli aniqlashib borarkan, oldingidek bir necha ishni emas, bir vazifani bajara boshlagan. Texnologiya mehnatkash ishini osonlashtirgan, kamaytirgan”, - deydi Laybold.

Ishlab chiqarishda shaxs emas, u boshqaradigan mashina muhimroq edi. Innovatsitya, deydi tarixchi Laybold, ishchini kurashga chorlagan.

“Mana shu kurash xalqni oldinga yetaklagan. Har bir kashfiyot, ixtiro inson ravnaqi uchun xizmat qilishi kerak degan ishonch keng targib qilingan”, - deydi Laybold.

Arkanzas shtatida
Arkanzas shtatida

1940-1970 yillarda esa AQShda iste’molchining qudrati oshgan. Reklama sohasi rivojlangan. Xaridor – xudo, degan tasavvur ildiz otgan.

“20-asrda nafaqat xaridor kuchaydi balki savdo markazlari, supermarketlar va xizmat ko’rsatish sektori rivojlandi”, - deydi Laybold.

1980-yillarga kelib xotin-qizlar Amerikada asosiy xaridorga aylandi. Moliyaviy mustaqillik davri keldi.

“Globalizatsiya degan narsa chegara tanlamaydi. Savdo globallashdi. Ishchi kuchi ko’chib yuradigan, bir joyda turmaydigan bo’ldi”, - deydi Laybold.

Bugunga kelib globalizatsiya tushunchasi yo olqishlanadi yo qoralanadi. Hatto mutaxassislar ham uning salbiy va ijobiy ta’sirlari haqida kelisha olmaydi. Debatlar davom etarkan, globalizatsiya g’olibdek.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG