Breaking News

"Twitter" muloqot ketidan Gulnora Karimovaga ochiq xat


Endryu Strolayn Bryusselda asoslangan International Crisis Group, bo’hronlarni o’rganuvchi xalqaro tashkilot ekspertlaridan biri
O’tgan hafta ommabop tarmoq “Twitter” da O’zbekiston prezidentining to’ng’ich qizi Gulnora Karimova bilan fikr almashgan mutaxassis Endryu Strolayn (Andrew Stroehlein) muloqot chog’ida ko’tarilgan mavzular xususida unga ochiq xat yo’lladi.

Karimova o’zini xalqaro sahnada yetuk diplomat, faol va saxovatpesha ayol, tadbirkor, dizayner, fan va san’at arbobi sifatida tanishtiradi.

Endryu Strolayn Bryusselda asoslangan International Crisis Group, bo’hronlarni o’rganuvchi xalqaro tashkilot ekspertlaridan biri. Respublikadagi siyosiy-ijtimoiy ahvolni uzoq yillardan beri tahlil qilib keladi, aynisa inson huquqlari masalasini.

Endryu Strolayn va boshqalar “Twitter” da O’zbekiston va Gulnora Karimova haqida so'z yuritar ekan, muloqotga xonimning o’zi ham qo’shildi. Mamlakat haqida asossiz va uydirma ma’lumotlar bor deya iddao qildi.

Ikki soatlik oldi-berdidan keyin Gulnora Karimova “rahmat” deb “Twitter”dan chiqib ketdi.

U bilan bu tarmoqda 40-50 bora yozishgan Andryu Strolayn fursatdan foydalanib, bu xonim va shu tariqa O’zbekiston hukumatiga kunning eng dolzarb muammolari nima ekanini eslatib qo’ymoqchi.

Gulnora Karimova o’zini xalqaro sahnada yetuk diplomat, faol va saxovatpesha ayol, tadbirkor, dizayner, fan va san’at arbobi sifatida tanishtiradi.
Gulnora Karimova o’zini xalqaro sahnada yetuk diplomat, faol va saxovatpesha ayol, tadbirkor, dizayner, fan va san’at arbobi sifatida tanishtiradi.
Karimov ma’muriyati qanchalik inkor etmasin, deydi u, siyosiy erkinlik keskin cheklangan.

Tuzumni savolga tutgan, uni ochiq tanqid qilib, odamlarni loqayd bo’lmaslikka chorlagan insonlar xalq dushmani sifatida qamoqda o’tiribdi, deydi ekspert.

Strolayn Gulnora Karimovaga yo’llagan maktubida uzun ro’yxat keltiradi - siyosiy mahbuslar ro’yxati.

O’zbekistonda siyosiy mahbus yo’q deb hukumat o’zini o’zi aldashi mumkin, deydi u, ammo haqiqat hammaga oydek ravshan.

O’nlab yozuvchilar, ziyolilar, muxolifatchilar va huquq himoyachilari tanqidiy fikri uchun qamalgan. Ularga tuzum dushmanlari degan tamg’a qo’yilgan, deya yozadi Strolayn. Vaholanki, so’z va fikr erkinligi milliy va xalqaro qonunlarda bitilgan va tan olingan huquqlardir.

Qiynoqlar O’zbekistonda muntazam ravishda qo’llanadi. Buni isbotlovchi dalillar juda ko’p, deydi ekspert.

Hukumat BMTning Qiynoqlar bo’yicha maxsus vakilini kiritmay keladi, qolaversa bu tashkilotning boshqa ko’plab rasmiylarini ham.

Tuzum inkot etadigan yana bir haqiqat, deydi Endryu Strolayn, paxta dalalaridagi majburiy mehnat, xoh bolalar bo’lsin, xoh kattalar. Fuqarolarni, yoshmi-qari, ekspluatatsiya qilish – mavjud qonunlarga zid harakat.

2005-yilda Andijonda aslida nima bo’lgani hamon qorong’u, deydi Endryu Strolayn.

Mustaqil xalqaro tekshiruvga yo’l qo’yilmagan. Nima uchun? Hukumatning fojia haqidagi xulosasi haqiqat bo’lsa, mustaqil tergov buni isbotlab berardi.

O’zbekiston erkin jamiyat bo’lsa, nega hukumat inson huquqlari tashkilotlari, xalqaro kuzatuvchilar va axborot vositalarini kiritmaydi? Darvozani ochsin va ular asl vaziyat bilan tanishsin, deydi Endryu Strolayn.

Vizalar berilsin, vakolatxonalar ochilsin, mamlakatni kezib, xolis axborot to’plansin. O’zbekiston hukumati haqiqatdan qo’rqmaganida bunday imkoniyatlar yaratgan bo’lar edi, deydi u.

Prezident Islom Karimov
Prezident Islom Karimov
Toshkent G’arbdan keladigan bunday tanqidiy munosabatga javob bermaydi.

Prezident Islom Karimov, vazirlar va boshqa mutassaddilar Endryu Strolaynning tashkiloti va boshqa xalqaro organlarni respublika dushmanlari deya ta’riflaydi va ularni O’zbekiston haqida noxolis, asossiz ma’lumot tarqatib, davlatni yomonotliq qilayotganlikda ayblaydi.

Gulnora Karimovaga suhbat uchun ko’p marta murojaat qilingan, xususan “Amerika Ovozi” tomonidan ham. Javob yo’q. Endryu Strolayn ham maktubga javob olishiga ishonmaydi.

Ammo, deydi u, yuqorida tilga olingan muammolar Gulnora Karimova, uning otasi va butun O’zbekiston hukumatini baribir tinch qo’ymaydi.

Prezident, uning qizi va boshqa tegishli rasmiylar qayerga bormasin bu nozik masalalarni chetlab o’tolmaydi, deydi u.

Gulnora Karimovaga ochiq xat/ Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:22 0:00
Yuklab oling

Andrew Stroehlein International Crisis Group on his letter to Gulnara Karimova, Dec 12, 2012
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:52 0:00
Yuklab oling
  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova "Amerika Manzaralari" turkumidagi ilk teledasturlar muallifi. TV, radio va onlayn diktor, prodyuser, muxbir va muharrir. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America and a leading Washington-based authority on geopolitics and national development in Central Asia. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for over 15 years on TV, radio and online. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Masters in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Imamova played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented nearly 800 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari,” which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She is frequently asked to speak on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences, including the U.S. Foreign Service Institute, Princeton University, Columbia University, Johns Hopkins University, Georgetown University, George Washington University, Michigan State University, the University of Wisconsin, Northeastern University, and her alma mater Harvard University. Her essays on the region have been published in journals and edited volumes, including Central Eurasian Studies Review and Demokratizatsiya: The Journal of Post-Soviet Democratization.

    She began her career at the Uzbek state broadcaster. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from Maharaja’s College at the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG