Breaking News

AQShda 11-sentabr voqealarining 14 yilligi xotirlanmoqda

Oq uy oldida Prezident Barak Obama va uning rafiqasi Mishel Obama boshqa ma'muriyat xodimlari bilan 11-sentabr xurujlarida qurbon bo'lganlarni xotirlab bir daqiqalik sukut saqlamoqda, 11-sentabr, 2015-yil.
Oq uy oldida Prezident Barak Obama va uning rafiqasi Mishel Obama boshqa ma'muriyat xodimlari bilan 11-sentabr xurujlarida qurbon bo'lganlarni xotirlab bir daqiqalik sukut saqlamoqda, 11-sentabr, 2015-yil.

Vashington, Nyu-York hamda boshqa ko'plab shtat va shaharlarda 2001-yil 11-sentabr kuni yuz bergan terror xurujlarining 14-yilligi yodga olinmoqda. O'sha mash'um kunda qariyb uch ming kishi halok bo'lgan.

Juma kuni ertalab Oq uy oldida Prezident Barak Obama va uning rafiqasi Mishel Obama boshqa ma'muriyat xodimlari bilan fojea qurbonlarini xotirlab bir daqiqalik sukut saqladi.

Nyu-York shahrida esa egizak binolarda halok bo'lganlarning oila a'zolari va yaqinlari yig'ilib, o'lganlar xotirasi uchun tashkil etilgan marosimda qatnashdi. Halok bo'lganlarnig ismlari birma-bir o'qib chiqildi.

Pentagonda ham Mudofaa vaziri Eshton Karter yetakchiligida xotirlash tadbiri o'tdi. Binoning samolyot kelib urilgan joyida o'rnatilgan AQSh bayrog'i pastga tushirilgan.

Afg'oniston poytaxti Kobulda NATO rasmiylari va askarlari yig'ilib, fojeani yodga olmoqda.

2001-yil 11-sentabr kuni "Al-Qoida" guruhiga mansub terrorchilar to'rt samolyotni olib qochib, ularni Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markaziga hamda Pentagon binosiga olib kelib urgan edi.

Kapitoliyni nishonga olishi rejalangan to'rtinchi samolyot yo'lovchilarning terrorchilarga qarshilik ko'rsatishi oqibatida Pensilvaniya shtatida ochiq maydonga qulab tushgan.

2001-yilning 11-sentabri - Nyu-York, Pensilvaniya va Pentagon

2001-yilning 11-sentabri, Nyu-York
1/17 2001-yilning 11-sentabri, Nyu-York
2001-yilning 11-sentabri, Nyu-York
2/17 2001-yilning 11-sentabri, Nyu-York
2001-yilning 11-sentabri, Nyu-York
3/17 2001-yilning 11-sentabri, Nyu-York
2001-yilning 11-sentabri, Nyu-York
4/17 2001-yilning 11-sentabri, Nyu-York
2001-yilning 11-sentabri, Nyu-York
5/17 2001-yilning 11-sentabri, Nyu-York
2001-yilning 11-sentabri, Nyu-York
6/17 2001-yilning 11-sentabri, Nyu-York
2001-yilning 11-sentabri, Nyu-York
7/17 2001-yilning 11-sentabri, Nyu-York
2001-yilning 11-sentabri, Nyu-York
8/17 2001-yilning 11-sentabri, Nyu-York
2001-yilning 11-sentabri, Nyu-York
9/17 2001-yilning 11-sentabri, Nyu-York
ក្រុម​អ្នក​លោក​ឆ័ត្រ​យោង​សម្តែង​ក្នុង​ពិធី​បើក​សន្និបាត​ហោះហើរ​អន្តរជាតិ Shenyang Faku លើក​ទី​៦ ក្នុងក្រុង Shenyang នៅ​ភាគ​ឦសាន​នៃ​ខេត្ត​ Liaoning ប្រទេស​ចិន។
10/17 ក្រុម​អ្នក​លោក​ឆ័ត្រ​យោង​សម្តែង​ក្នុង​ពិធី​បើក​សន្និបាត​ហោះហើរ​អន្តរជាតិ Shenyang Faku លើក​ទី​៦ ក្នុងក្រុង Shenyang នៅ​ភាគ​ឦសាន​នៃ​ខេត្ត​ Liaoning ប្រទេស​ចិន។
2001-yilning 11-sentabri, Nyu-York
11/17 2001-yilning 11-sentabri, Nyu-York
2001-yilning 11-sentabri, Nyu-York
12/17 2001-yilning 11-sentabri, Nyu-York
2001-yilning 11-sentabri, Pentagon
13/17 2001-yilning 11-sentabri, Pentagon
2001-yilning 11-sentabri, Pentagon
14/17 2001-yilning 11-sentabri, Pentagon
2001-yilning 11-sentabri, Pentagon
15/17 2001-yilning 11-sentabri, Pentagon
2001-yilning 11-sentabri, Pensilvaniya shtati
16/17 2001-yilning 11-sentabri, Pensilvaniya shtati
2001-yilning 11-sentabri, Nyu-York
17/17 2001-yilning 11-sentabri, Nyu-York
Previous slide
Next slide

Amerika 14 yil oldingi dahshatli kunni xotirlamoqda

Bugungi Nyu-York
1/5 Bugungi Nyu-York
Pentagon
2/5 Pentagon
Oq uy
3/5 Oq uy
Pensilvaniya shtati
4/5 Pensilvaniya shtati
Afg'oniston
5/5 Afg'oniston
Previous slide
Next slide

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

This item is part of
XS
SM
MD
LG