Dunyoning turli burchaklaridan sara fotolar ...
Bugungi dunyo suratlarda - 2-aprel, 2024
1
Filippinda xo'roz urushtirish jarayonida salqinlanish uchun tanaffus. Mamlakatda havo harorati isib borar ekan, maktablar onlayn ta'lim turiga o'tmoqda.
2
Mahalliy rasmiylar bayonotiga ko'ra, Ukrainaning Rossiya nazoratidagi Donetsk hududida ukrain kuchlari zarbasidan keyingi manzara.
3
G'azo aholisiga taom va oziq-ovqat tarqatib kelgan "Jahon markaziy oshxonasi" (World Central Kitchen) nodavlat notijorat tashkilotining yetti nafar xodimi Isroil zarbalari qurboniga aylandi. Tashkilot bayonotiga ko'ra, xodimlar 100 tonnalik oziq-ovqat zaxirasini Dayr-al-Balahdagi omborga joylashtirib, ikki mashinada ortga qaytayotganida Isroil havodan zarba bergan. Tashkilot Isroil kuchlari bilan kelishilgan reja va marshrut asosida harakatlanganiga qaramay, xodimlariga hujum uyushtirilganini qoralamoqda. "Jahon markaziy oshxonasi" G'azoda o'z faoliyatini zudlik bilan to'xtatishga majbur ekanini bildirgan. Qurbonlar Falastin, Avstraliya, Polsha, Britaniya. AQSh va Kanada fuqarolari ekani bildirilgan.
4
Kaliforniya shtatida nuragan ko'prik